Qozog‘iston fevral oyida Rossiya orqali Germaniyaga neftning birinchi partiyasini jo‘natadi

Qozog‘iston fevral oyida Rossiya orqali Germaniyaga neftning birinchi partiyasini jo‘natadi

Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakovning ma’lum qilishicha, mamlakat 2023 yil fevral oyining birinchi yarmida “Drujba” quvuri orqali Germaniyaga neftning birinchi partiyasini jo‘natishni rejalashtirmoqda.

"Biz fevral oyining birinchi yarmida 20 ming tonna neftning birinchi partiyasini yetkazib berishni rejalashtirganmiz", dedi vazir.

Neft Germaniyaga "Drujba" quvuri orqali yuboriladi. 2023 yilda Qozog‘istondan Germaniyaga 1,5 million tonnagacha neft eksport qilish rejalashtirilgan, eng katta yetkazib berish hajmi esa 6 million tonnani tashkil etadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyaga eksport qilinadigan neft "Qorachaganak" konidan olinadi. Avvalroq Qozog‘istondan "Drujba" orqali Germaniyaga neft tranziti "Transneft" tomonidan amalga oshirilishi xabar qilingandi.

Rossiya Energetika vazirligi 2023 yilning birinchi choragida 300 ming tonna qozoq neftining Germaniyaga tranzitiga ruxsat berdi, deb xabar beradi rambler.ru.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!