Qoyil! Oddiy pashshaga shuncha e’tibor

Qoyil! Oddiy pashshaga shuncha e’tibor

Mashhur rim shoiri Vergiliy (mil. Avv. 70-19) uy hayvonlari sifatida it yoki mushuk emas, oddiy pashshani boqqan. U vafot etganida esa oddiygina qilib ko‘mib qo‘ya qolmasdan, pashsha uchun uyning yonida maqbara qurgan va katta pul sarflab janoza tashkil etgan.

Haqiqat shundaki, bu kulgili dafn marosimi Vergiliyga mulkini o‘zida saqlab qolishga yordam bergan. Qadimgi Rim Filippin jangida Gay Kassiy Longin va Mark Yuniy Brut (Yuliy Sezarning qotillari) armiyasini mag‘lub qilganida, bu poytaxtni urush faxriylariga ajratish uchun boylarning mulklarini musodara qilishga qaror qilgan. Ammo faqat qabrlari bor yerlargina istisno qilingandi. Yeriga pashsha ko‘milgani tufayli ham Vergiliy mulkini va yerining bir qismini saqlab qola olgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!