Qoraqalpog‘istondagi favqulodda holat muddatidan avval bekor qilindi

Qoraqalpog‘istondagi favqulodda holat muddatidan avval bekor qilindi

Qoraqalpog‘iston hududida joriy etilgan favqulodda holatning amal qilishi 21 iyul kuni soat 05:00 dan boshlab muddatidan avval tugatiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishi muddatidan avval tugatiladi. Tegishli farmonni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzoladi.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 iyuldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida”gi PF‒164-son Farmoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joriy etilgan favqulodda holatning amal qilishi 2022 yil 21 iyul kuni soat 05:00 dan boshlab muddatidan avval tugatilsin", - deyilgan hujjatda.

Farmon 21 iyul kuni soat 05:00 dan e’tiboran kuchga kiradi.

13 iyul kuni Qoraqalpog‘istondagi vaziyat barqarorlashgani sabab komendantlik soatining amal qilish vaqti qisqartirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘iston deputatlari 3 iyuldan 3 avgustgacha joriy etilgan favqulodda holatni bekor qilish yuzasidan Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llashgani xabar qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!