Qoraqalpog‘istonda bog‘cha bolalari bo‘lgan avtomobil YTHga uchradi

Qoraqalpog‘istonda bog‘cha bolalari bo‘lgan avtomobil YTHga uchradi

Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida bog‘cha bolalarini olib ketayotgan avtomobil YTHga uchragani haqida xabarlar va YTHdan so‘ng olingan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Rasmiylar holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Tuman hokimligi matbuot xizmatining bildirishicha, videoda aks etgan holat 19 iyun kuni soat 09:55 da Beruniy tumani Quruvchilar ko‘chasidan o‘tuvchi 4R161 avtomobil yo‘lining 16–17-kilometrlarida yuz bergan. S.G. o‘zining boshqaruvidagi Nexia-3 da yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Buning oqibatida ikki nafar voyaga yetmagan bola tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat etgan va tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Qoraqalpog‘iston IIV matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, 1981 yil tug‘ilgan S.G. boshqaruvidagi Nexia-3 harakatlanib borayotganida U.K. boshqaruvidagi Gentra avtomobil yo‘liga chiqib yuborishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Oqibatda Nexia-3 haydovchisi va ushbu avtomobilda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 2018 yil tug‘ilgan X.F. va 2021 yil tug‘ilgan N.S. tan jarohati olib Beruniy tumani tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Hozirda ularning sog‘lig‘i joyida.

Yuz bergan hodisa yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!