Qoraqalpog‘istonda "1xbet" o‘yinlariga berilib ketgan shifokor jinoyatga qo‘l urdi

Qoraqalpog‘istonda "1xbet" o‘yinlariga berilib ketgan shifokor jinoyatga qo‘l urdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumanida yashovchi,1946 y.t., shifokor J.A. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs uning bank kartasidan jami 4.045.000 so‘m pullarini yechib olganligini bildirgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida J.A.ning bank kartasidan pullarni yechib olgan shaxs uning hamkasbi Taxtako‘pir tumanida yashovchi, poliklinika shifokori 1991 y.t., Ye.N. ekanligi aniqlangan.

U onlayn tavakkalchilikka asoslangan "1xbet" o‘yinlariga berilib ketganligi sababli hamkasbining keksaligidan foydalanib, uning bank kartasi boshqaruvini o‘zining telefonidagi mobil ilovasiga o‘tkazib olish orqali pullarni o‘zlashtirganligi ma’lum bo‘ldi.

E.N.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV Kiberxavfsizlik markazi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!