Qora fon o‘rnida shaffof fon — BMW logotipini yangiladi

Qora fon o‘rnida shaffof fon — BMW logotipini yangiladi

Nemis avtokonserni BMW yangi logotipini namoyish qildi. Unda avvalgi qora fon o‘rnini shaffof fon egallagan. Oq va moviy sektorlar - Bavariya bayrog‘i ramzlari o‘z o‘rnida qolgan.

Kompaniyaning izoh berishicha, yangi emblema raqamli texnologiyalar bozorida faol bo‘lgan yosh sotib oluvchilarni qiziqtirishi kerak. Yens Timerning so‘zlariga ko‘ra, logotip ochiqlik va ravshanlikni ifodalaydi.

Ushbu yangilangan logotip BMW i4 avtomobilida qo‘llaniladi. Ushbu model keyingi yildan seriyali ishlab chiqarila boshlaydi.

BMW so‘nggi marta o‘z logotipini 1997 yili yangilagan edi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!