— Rasman ajrashmasak-da, turmush o‘rtog‘im boshqa ayolga uylandi. Ikki farzandim bilan alohida yashayman. Er-xotin qonunan ajrashmasa ham, otadan farzandlari uchun aliment undirish mumkinmi? Buning tartibi qanday? Bolalarining otasi aliment miqdorini kamaytirishi mumkinmi? O‘zi qay hollarda aliment miqdori kamaytiriladi? Yana farzandlarimdan birini davolatish uchun alimentdan tashqari qo‘shimcha xarajatlar uchun ham pul undirsam bo‘ladimi?
Ismi sir tutildi
Anvar HAMROYEV, fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi sudyasi:
— Er-xotin qonuniy tartibda nikohdan ajrashmasa ham ota-ona voyaga yetmagan bolalari uchun ta’minot undirishi mumkin. Voyaga yetmagan bolalariga aliment to‘lash va ularga ta’minot berishda ota-onaning majburiyatlari teng hisoblanadi.
Aliment ota-onadan aliment kelishuvi tuzish orqali ixtiyoriy yoki sud buyrug‘i, yoxud sudning hal qiluv qarori asosida majburiy undiriladi.
Aliment olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan so‘ng qancha muddat o‘tganidan qat’i nazar, xohlagan vaqtda aliment talab qilib, sudga murojaat qilishga haqlidir.
Qonunchilikka asosan, sud hujjatlarini majburiy ijro etish Majburiy ijro byurosi organlarining davlat ijrochilari zimmasiga yuklatilgan.
Sud buyrug‘i yoki sudning hal qiluv qaroriga asosan, voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlagan ota-onalarga nisbatan qonunchilikda ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-4-moddasiga ko‘ra, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash — o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, Jinoyat kodeksining 122-moddasiga asosan, moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, shunday qilmishi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan.
Boshqa-boshqa ota-onadan tug‘ilgan voyaga yetmagan bolalar uchun sudning bir necha hal qiluv qarorlariga asosan, bir ota (ona)dan undirilayotgan alimentning umumiy miqdori belgilangan miqdordan oshib ketsa, kamaytiriladi. Bundan tashqari, aliment to‘lovchi ota (ona) aliment to‘lash haqidagi sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrug‘i kimning foydasiga chiqqan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning har biriga nisbatan alimentning miqdorini tegishincha kamaytirish to‘g‘risida da’vo taqdim etishi mumkin.
Oila kodeksiga ko‘ra, er-xotin bir-biriga moddiy yordam berishi shart. Bunday yordam berishdan bosh tortsa, sud tartibida ta’minot, ya’ni aliment olish huquqiga ega. Bundan tashqari, xotin homiladorlik davrida va farzandi tug‘ilgan kundan boshlab uch yil davomida yoki nogiron bola o‘n sakkiz yoshga to‘lguncha, yoki bolalikdan I guruh nogironi bo‘lgan bolasiga qarasa, eridan sud tartibida aliment olish huquqiga ega.
Oila kodeksining 103-moddasiga asosan, ota-ona favqulodda holatlar, ya’ni bolaning og‘ir shikastlanishi, kasal bo‘lishi va boshqa sabablar tufayli kelib chiqqan, qo‘shimcha xarajatlarda ishtirok etishi shart. Bundan bosh tortgan ota yoki onadan sud ularning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olib, qo‘shimcha xarajatlarni qisman pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada undirish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Исроил Ғазо сектори аҳолиси, хусусан, болаларни атайин оч қолдирмоқда, яъни очликдан қурол сифатида фойдаланмоқда. Defence for Children International ва Doctors Against Genocide ташкилотлари томонидан эълон қилинган “Бутун авлодларнинг оч қолдирилиши” ҳисоботида шундай хулоса илгари сурилган.
Арманистон суди уни “ҳокимиятни эгаллаб олишга чақиришда” айблаб ДХХ қамоқхонасига жойлаштирди. Шу вақтнинг ўзида унга тегишли бўлган "Арманистон электр тармоқлари" (АЭТ) компаниясини миллийлаштириш бошланди.
Исроил оммавий ахборот воситаларининг хабар беришича, АҚШ расмийлари Ғазо секторида отишмаларни тўхтатиш ва асирларни алмашиш бўйича келишувга эришиш мақсадида Исроилга босим ўтказишга тайёрланмоқда.
Шу билан бирга, NDMA келгуси 12 дан 24 соатгача мамлакатнинг катта қисмларига таъсир қилиши кутилаётган кучли ёмғир ва момақалдироқ ҳақида огоҳлантирди.
Россия томонидан Киевга уюштирилаётган ҳужумлар кучайгани сари, Украина пойтахтидан қочаётган фуқаролар сони ҳам ормоқда, деб ёзади Германиянинг NTV нашри.
Эрон расмийлари ушбу ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва журналистлар хавфсизлигига қарши жиноят сифатида баҳоламоқда. Ҳодисалар халқаро ҳамжамият томонидан кескин қораланиши мумкин.