Qonun barchaga barobar! IIB xodimi jamoat joyida tibbiy niqobsiz harakatlangan (foto)

Qonun barchaga barobar! IIB xodimi jamoat joyida tibbiy niqobsiz harakatlangan (foto)

Faol kuzatuvchilarimiz tomonidan navbatdagi murojaat, Shirin shahridan fotosurat va ularga bitilgan izohlar orqali kelib tushdi (iltimosiga ko‘ra ismi sharifi sir saqlanmoqda).

Fotoizohga ko‘ra, bugun 26-mart kuni taxminan soat 19:30 larda Shirin shahridagi supermarketda IIB xodimi keng jamoatchilik orasida tibbiy niqobsiz harakatlangan. Ushbu fotosurat va izohlarining isboti sifatida supermarketga kuzatuv kameralari ham o‘rnatilganligini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, 25 mart sanasi, soat 06:00dan e’tiboran ko‘chaga tibbiy niqobsiz chiqqan fuqarolarga nisbatan ma’muriy javobgarlik qo‘llanilmoqda.

Mutasaddilardan ushbu holat yuzasidan izoh kutib qolamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!