Qoidabuzar haydovchi yana bir nafar fuqaro umri bevaqt so‘nishiga sababchi bo‘ldi...

Qoidabuzar haydovchi yana bir nafar fuqaro umri bevaqt so‘nishiga sababchi bo‘ldi...

Joriy yilning 13 fevral kuni soat 14-20 larda 4R-109 Farg‘ona xalqa yo‘lining 112 kilometrida Ulug‘nor tumanida yashovchi I.O. “Neksiya” rusumli transport vositasida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlanishi natijasida, qarshisidan harakatlanib kelayotgan Oltinko‘l tumanida yashagan L.S. boshqaruvidagi “Spark” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada, “Spark” rusumli transport vositasi haydovchisi L.S. ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay tan  jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan. Ushbu transport vositasi yo‘lovchisi Oltinko‘l tumanida yashovchi S.I. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Hurmatli harakat ishtirokchilari yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishingizni so‘rab qolamiz.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!