Qodirov Rossiyada harbiy holat joriy etishni taklif qilmoqda

A A A
Qodirov Rossiyada harbiy holat joriy etishni taklif qilmoqda

Rossiyada harbiy holat joriy etish zarur, dedi Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ertalab dron bilan Moskvaga qilingan hujumni izohlar ekan.

“Rossiyada harbiy holat e’lon qilish, buning uchun mo‘ljallangan barcha jangovar resurslardan foydalanish zarur”, — deb yozdi Qodirov Telegram’da.

Checheniston rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Moskvaga uchuvchisiz uchoqlar hujumi taktik, strategik va hatto psixologik ma’noga ega emas, chunki “urush butunlay boshqa joyda ketmoqda”.

Eslatib o‘tamiz, ertalab Moskva va Moskva viloyatiga sakkizta dron hujum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!