Qiziqchi Ortiq Sultonov rasmiy lavozimga tayinlandi

Qiziqchi Ortiq Sultonov rasmiy lavozimga tayinlandi

Sultonov Ortiq Qurbonovich Samarqand shahar madaniyat bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Urgutlik kulgi va so‘z ustasi 1992 yilda Toshkent davlat san’at institutining teatr va kino yo‘nalishini tamomlagan.

O.Sultonov san’atshunoslik fanlari nomzodi. U dastlabki mehnat faoliyatini Samarqand musiqali drama teatri aktyori sifatida boshlagan. Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” telekanali, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali rejissyori bo‘lib ishlagan.

Ushbu tayinlovga qadar “Kulgi” xususiy teatri rahbari bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!