Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish soddalashtirildi

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish soddalashtirildi

Hukumat qarori (237-son, 06.05.2022 y.) bilan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

🔰Unga ko‘ra, viloyat hokimliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan takroran tanlovda ham g‘olib aniqlanmagan yerlar bo‘yicha uning maydoni, ixtisosligini o‘zgartirib talab yuqori bo‘lgan boshqa yo‘nalishlarga ochiq tanlov o‘tkazadi.

➡️ Fuqarolardan yerni tanlovga chiqarish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun 3 ish kunida taklif tushgan yerni o‘rganadi. Ilgari 5 ish kunida edi.

☑️ Shuningdek, tanlovga chiqarish uchun mo‘ljallangan yerni vakolatli organlar bilan kelishish muddati ham 5 kundan 3 kunga qisqartirildi.

📌 Tanlovga chiqarilgan yerni olmoqchi bo‘lgan talabgorlar 2022 yil 1 martdan keyin xorijdan kelgan mehnat migrantlari bo‘lsa, BHMning 1 baravari (270 ming so‘m) miqdoridagi zakalat pulini to‘lashdan ozod etiladi. Ilgari mazkur imtiyoz faqat ijtimoiy daftarlarga kiritilganlarga tatbiq etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!