Qishloq xo‘jaligi eksportini asosiy qismini “kilosiga 1 dollardan past narxda bo‘lgan bozorlar” tashkil qilmoqda
Prezident raisligida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmoqlarida investisiyalar va eksportni ko‘paytirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Prezidentimiz sohadagi muammolarga to‘xtalib o‘tdi.
Jumladan, o‘tgan bir yilda Avstraliya, Yangi Zelandiya, Singapur, Kolumbiya, Indoneziya kabi 10 dan ortiq yangi bozorlarga chiqildi, mahsulotlarimiz eksport qilinadigan mamlakatlar soni 85 taga yetdi.
Lekin, eksportning 80 foizi 5 ta davlat bozoriga to‘g‘ri kelayapti. Ya’ni, qishloq xo‘jaligi eksportini asosiy qismini “kilosiga 1 dollardan past narxda bo‘lgan bozorlar” tashkil qilmoqda.
O‘tgan yili 52 ta mamlakatga 126 ming tonna uzum eksport qilingan bo‘lsa, shundan 98 ming tonnasi 12 ta davlatga kilogrammi 1 dollardan kam narxda sotilgan.
Eng xaridorgir mahsulotlarimiz bo‘lgan gilos, shaftoli, xurmo, o‘rik, olcha, olxo‘ri, anjir, anor, bodom, loviya, mosh eksportida ham shu ahvol.
