Qirolichasi to‘rt nabirasini shahzoda va malika unvonlaridan mahrum qildi

Qirolichasi to‘rt nabirasini shahzoda va malika unvonlaridan mahrum qildi

Daniya qirolichasi Margrete II to‘rt nafar nabirasi, shahzoda Ioahimning farzandlarini shahzoda va malika unvonlaridan mahrum qildi.

Daniya qirollik oilasining bayonot berishicha, 2023 yil 1 yanvardan boshlab ular o‘z unvonlaridan faqat Monpeza grafi va grafinyasi sifatida foydalanishlari mumkin.

Bayonotga ko‘ra, qirolicha nabiralari o‘z hayotlarini mustaqil yo‘lga qo‘yishlarini istaydi.

Qayd etilishicha, barcha nabiralar vorislik tartibi bo‘yicha taxtni egallash navbatini saqlab qolishadi.

Qirolicha Margrete II 82 yoshda bo‘lib, u 1972 yil 14 yanvarda otasi Frederika IX vafotidan so‘ng taxtga o‘tirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!