Qirg‘izistonning O‘sh shahriga O‘zbekistonning birinchi bosh konsuli tayinlandi

Zafarbek Ahmedov Qirg‘izistonning O‘sh shahriga O‘zbekistonning birinchi bosh konsuli etib tayinlandi. Bungacha u TIVda Konsullik-huquqiy departamenti bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning O‘sh shahridagi Bosh konsulligi 2022 yilda ochildi. Konsullik okrugiga Qirg‘izistonning Botken, Jalolobod va O‘sh viloyatlari kiradi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)