Qirg‘izistonda soxta hujjatlar tayyorlagan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi

Qirg‘izistonda soxta hujjatlar tayyorlagan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi

Qirg‘izistonda talabalarga qalbaki hujjatlar tayyorlab, sotish bilan shug‘ullangan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markazi xabar berdi.

“O‘sh shahridagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalarga, O‘zbekiston fuqarolariga Qirg‘iziston Respublikasining qalbaki talaba elektron vizalari va ro‘yxatga olish kartalarini muntazam tayyorlab, sotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi A.SH.R.ning jinoiy faoliyati aniqlandi va bostirildi”, deyiladi hisobotda.

Qayd etilishicha, 12 may kuni gumonlanuvchi qo‘lga olinib, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan. Ertasi kuni O‘sh shahar sudi uni ikki oyga hibsga olgan. Hozirda tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!