Qirg‘izistonda OAVga oid yangi qonun loyihasi muhokamasi yakuniga yetdi

Qirg‘izistonda OAVga oid yangi qonun loyihasi muhokamasi yakuniga yetdi

Qirg‘izistonda rasmiylar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan OAVga oid yangi qonun loyihasi muhokamasi yakuniga yetdi.

Ekspertlarning fikricha, Qirg‘izistonda so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyat so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlari orasidagi eng yaxshisi bo‘lgan, ammo endi bularning barchasi o‘zgarishi mumkin.

Qonun loyihasining Rossiyanikiga juda o‘xshash normalariga ko‘ra, barcha ommaviy axborot vositalari qayta ro‘yxatdan o‘tishi kutilmoqda, korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar ham taqiqlanishi mumkin.

So‘nggi oylarda Qirg‘izistonda ommaviy axborot vositalari majburan yopilgan, norozi matbuot vakillari va bloggerlar qamoqqa tashlangan yoki deportasiya qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!