Qirg‘izistonda ko‘chki yuz berdi, 18 ta uy aholisi evakuasiya qilindi

Qirg‘izistonda ko‘chki yuz berdi, 18 ta uy aholisi evakuasiya qilindi

O‘sh viloyatining O‘zgan tumanida hajmi qariyb 1 million kub metr bo‘lgan ko‘chki yuz berdi. Bu haqda «Kabar» xabar berdi.

Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘chkidan 300 metr uzoqlikda joylashgan 18 ta uy aholisi evakuasiya qilingan.

«O‘zgan viloyati jamoat xavfsizligi xizmati tomonidan ogohlantirish e’lon qilindi, profilaktika choralari ko‘rilmoqda», — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!