Qirg‘izistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi quriladi

Qirg‘izistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi quriladi

Qo‘shni Qirg‘iziston o‘zida kam quvvatli atom elektr stansiyasini quradi.

O‘tgan yili iqlim o‘zgarishi va qurg‘oqchilik omili ortidan, Qirg‘izistonda elektr energiyaning 72 % ini ishlab chiqaradigan gidroelektr stansiyalarda suv omboridagi suv bilan bog‘liq vaziyat tufayli rejadagidan kam tok ishlab chiqish holatlari kuzatildi. Qirg‘iziston shuni tushundiki, endilikda suvdan elektr olish doimo barqaror emas, boshqa turdagi elektr energiya ishlab chiqadigan stansiyalarni qurish kerak.

2022-yil 20 yanvar kuni Rossiyaning kam quvvatli yadro texnologiyalari taqdimoti bo‘lib o‘tgan Dubaydagi «Ekspo 2020» Butunjahon ko‘rgazmasi doirasida, «Rosatom» davlat korporasiyasi va Qirg‘iziston Respublikasi Energetika vazirligi kam quvvatli atom elektr stansiyalari qurilishi sohasida hamkorlik memorandumini imzoladilar.

Imzolangan hujjat doirasida tomonlar Qirg‘izistondagi RITM-200N reaktor zavodi negizida kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!