Qirg‘iziston parlamenti deputatlari soat mintaqasini o‘zgartirishni taklif qilishdi

Qirg‘iziston parlamenti deputatlari soat mintaqasini o‘zgartirishni taklif qilishdi

Jogorku Kenesh majlisida parlament a’zolari Qirg‘izistonda soat mintaqasini o‘zgartirish masalasini ko‘tardi, deb xabar beradi Kazinform.

Deputat Mirgul Temirboyeva “Batken tongi” gazetasi bosh muharriri Adilbek Akmatov va botkenlik shifokor Nurali Qo‘yliboyevning soat mintaqasini bir soat keyinga o‘zgartirish tashabbusiga e’tibor qaratdi. Shu bilan birga, u ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab fuqarolar ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlayotganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tashabbus birinchi navbatda mamlakat fuqarolarining psixologik salomatligini saqlashga qaratilgan.

Deputatga ko‘ra, mazkur qaror bilan bolalar va o‘quvchilarning erta turishib, ta’lim muassasalari va bog‘chalarga borishga bo‘lgan salbiy ta’siridan xalos bo‘lish mumkin. Shuningdek, taklif etilayotgan chora elektr energiyasini tejash va shu orqali iqtisodiyotga hissa qo‘shish imkonini beradi.

Shu munosabat bilan Mirgul Temirboyeva Jogorku Kenesh raisidan Qirg‘izistonda soat mintaqasini bir soat keyinga o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha vazirlar kabinetigaga protokol topshirig‘i berishni so‘radi.

Deputat Suyinbek Umrzoqov ham bu qarorni qo‘llab-quvvatladi va davlat hokimiyati organlariga olimlar bilan birgalikda mamlakatda soat mintaqasini o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqib, tegishli qaror qabul qilishni taklif etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!