Qimmatchilikmi yoki taqchillik: Go‘sht narxi qachondir tushadimi?

A A A
Qimmatchilikmi yoki taqchillik: Go‘sht narxi qachondir tushadimi?

So‘nggi oylarda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko‘tarilishi odamlar orasida murakkab bahs-munozaralarni keltirib chiqardi. Aslida bozor munosabatlari, muvozanatini hamisha ham ushlab turib bo‘lmaydigan talab va taklif, valyuta kurslarining o‘ynab turishi, pandemiya sabab yuzaga kelgan global iqtisodiy xavf tufayli qandaydir darajada narxlarning oshib borishini tabiiy jarayon sifatida qabul qilish mumkin. Ammo narxlardagi, aynan oziq-ovqat mahsulotlari narxlaridagi keskin ko‘tarilish ommada xavotir va norozilik tuyg‘ularini uyg‘otadi.

Masalan, go‘sht narxining oshishi bilan xuddi shunday vaziyat yuzaga keldi. Ayni paytda mamlakatimiz bozorlarida qoramol go‘shti o‘rtacha 80-90 ming so‘mdan sotilayapti. Ilgari qo‘y go‘shti nisbatan mol go‘shtiga qaraganda qimmatroq bo‘lardi. Hozir esa qoramol go‘shti narxining keskin oshib borishi bu nisbatni yo‘qqa chiqardi. E’tirozlarga ham haqli ravishda qarash kerak. Sababi, atigi 1-2 oy oldin qoramol go‘shti 50-55 ming so‘m atrofida xarid qilingan.

Aslini olganda bu holatga har yili to‘qnash kelamiz. Iqtisodiy tebranishlarning qaysidir sabablari tufayli go‘sht mahsulotining narxi har yili oshadi. Asosiy va muhim oziq-ovqat turi sifatida go‘shtning narxi oshishini hazm qilish juda qiyin kechadi. Jamoatchilik fikrini ifodalovchi asosiy platforma sanalgan ijtimoiy tarmoqlarda ham bu holat rezonans keltirib chiqaradi. Shu tariqa “Biz go‘shtni ko‘p yeb qo‘yayotgan ekanmiz”, mazmuni bilan jamoatchilik vakillarining judayam xilma-xil fikrlari o‘rtaga chiqadi.

Asosiy sabablar nimada?

Davlatning ijtimoiy hayotida jamoatchilikning fikri aslida muhim o‘rin tutadi. Ayni vaziyatda ham narx-navoning balandligi boshqaruv vakillarining o‘lchovsiz harakatlari, monopoliyaga yo‘l berayotgani, quyi qatlam “cho‘ntagi”ni e’tiborga olmayotgani bilan baholanmoqda. Ko‘pchilikning fikri bu borada moliyaviy organlarga nisbatan negativ qarashlar bilan cheklangan. Xo‘sh, go‘sht narxining keskin ko‘tarilishiga qanday omillar sabab bo‘lmoqda: nihoyatda go‘shtsevar xalqmizmi yoki mahsulot importining kamligi bunga sababmi, chorvachiligimiz-chi, qay darajada rivojlangan? Vaziyatni shu nuqtai nazardan, bir necha omillar vositasida tahlil etib ko‘ramiz.

2020 yil 1 iyul holatiga O‘zbekistonda qoramol boshi sonining aholi soniga nisbati 36,8 foizni tashkil etadi. Ya’ni har 1000 aholi jon boshiga 368 bosh qoramol to‘g‘ri kelayapti. Statistikaga ko‘ra, oxirgi 5 yilda odamlar 3-4 millionga ko‘paygan. Lekin shunga mos ravishda odamlar soniga nisbatan qoramol boshi sonini oshgan deb bo‘lmaydi. Chorva mollarini yetishtirish esa bir necha oylarda yoki 1-2 yilda o‘z natijasini ko‘rsatadigan soha emas.

Statistika ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda sanoat yo‘li bilan boqiladigan qoramollar jami qoramollarning 5 foizini tashkil qiladi. Demak, go‘sht mahsulotlarining asosiy qismi aholi xonadonlari orqali bozorga chiqadi. Bu esa, o‘z navbatida, yem-xashak narxlari, ob-havoning noqulay kelishi kabi qator tabiiy omillar tufayli bozorda narxlarning nazoratdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Asosiy go‘sht mahsulotlari sanoat darajasida yetishtiriladigan taqdirdagina bozorga ko‘p va xilma-xil talab darajasidagi go‘sht kiradi va narxlarni mol egalari emas, bozorning o‘zi belgilaydigan bo‘ladi.

Chorva uchun ajratilgan trillionlar: tuyoqlar soni nega ko‘paymadi?

Chorvachilikni sanoat darajasiga olib chiqish nega shunchalik qiyin? Aslida esa davlat tomonidan buning mexanizmi ishlab chiqilgan va allaqachon yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, chorvachilik uchun ajratilgan kreditlar. Bu sanoatlashtirish uchun eng muhim va katta qadam edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi 3 yilda chorvachilik uchun 11 trillion so‘mdan ziyod kreditlar ajratilgan. Bu kreditlar aholiga imtiyozli foizlarda berildi. Ammo bu yillar davomida shunday katta miqdorda ajratilgan kreditlar mevasini chorvachilik sanoati miqyosida umuman ko‘rmadik. Sababi, yo‘naltirilgan kreditlarning asosiy qismi maqsadli sarflanmadi.

Yaqinda Markaziy bankda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bank boshqaruv raisi Mamarizo Nurmuratov chorvachilik uchun berilgan imtiyozli kreditlarning asosiy qismi boshqa foydaliroq bizneslarga tikilgani haqida ta’kidlab o‘tdi. Bu borada imtiyozli kreditlarning ajratilishida banklarning va mahalliy hokimliklarning byurokratik, korrupsion harakatlari tufayli imtiyozlar boshqa yo‘nalishlarga oqib ketgani haqidagi fikrlarni ham inkor etib bo‘lmaydi. Ammo aholi tomonidan chorvachilik uchun olingan imtiyozli kreditlarning asosan boshqa maqsadlar uchun sarflangani rost. Oxirgi yillarda chorva krediti olish tumanlar va qishloq odamlari orasida “urf”ga aylandi. Surishtirsangiz har uch-to‘rt xonadonning biri chorva yoki mikrokredit olgan bo‘lib chiqadi. Ammo bu xonadonlarda na chorva mollari bor, na ferma. Bitmay qolgan uyni bitkazish yoki boshqa moddiy-shaxsiy muammolar yo‘lida sarflandi bu mablag‘lar.

Markaziy bank boshqaruv raisi tuyoq soni ko‘paymagan holda go‘shtga talab oshayotganini, shu sabab narx ko‘tarilayotganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, hozirda mahalliy hokimlik va banklarga tuyoq soni ko‘paytiriladigan taqdirdagina chorva uchun kreditlar ajratish talabi qo‘yilmoqda.

Demakki, shu paytgacha chorva uchun trillionlar ajratilgan, ammo tuyoq soni ko‘paymagan. Albatta, markaziy bank qo‘yayotgan mazkur talab qat’iy nazorat bilan amalga oshirilsa samara beradi. Ammo buning natijasini ko‘rish uchun hali yana yillar kerak.

Go‘sht narxi qimmatlashayotganiga davlat organlari izoh bera boshladi

Yaqinda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi go‘sht narxlari oshishiga quyidagicha izoh berdi:

em-xashak uchun paxta xomashyosi, po‘stloq va yem aralashmasi zaxiralarining mavsumiy kamayishi;

Qozog‘iston tomonidan eksport cheklovlari tufayli qoramol importining qisqarishi;

2020 yilning avgust oyi o‘rtalarida karantindan so‘ng umumiy ovqatlanish korxonalarining go‘sht va go‘sht mahsulotlariga talabi o‘sgani ta’sir qilgan.

Ma’lumotlarda aytilishicha, 2020 yil yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda 1840 ming tonna go‘sht ishlab chiqarilgan (2019 yilning mos davriga nisbatan 2,2 foizga ko‘proq) va 34 ming tonna go‘sht import qilingan. Xuddi mana shunday munosabat va izohlarni qator davlat organlari, viloyat hokimliklari ham bera boshladi. Masalan, Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov viloyatda go‘sht mahsuloti aholi iste’moli uchun belgilangan me’yordan 2,4 barobar ko‘p yetishtirilganini ma’lum qildi. Sirdaryo viloyati hokimi oziq-ovqat zaxirasining mo‘l-ko‘lligini qayd etib o‘tdi. Boshqa viloyatlar hokimliklari ham bu borada ma’lumotlar tarqata boshladilar. Ammo real vaziyat go‘shtning qimmatligi. Qancha zaxira, qancha mahsulot ishlab chiqarilganidan qat’i nazar bu bu boradagi izohlar deyarli eshitilmayapti.

Narxlarga cheklov qo‘yish bu yechimmi?

Juda ko‘plab, deyarli barcha iqtisodchilarning fikricha, narxlarni nazorat qilish, umuman, barcha mahsulot turlariga nisbatan ham maqbul yechim emas. Narxni belgilangan sharoitdan kelib chiqib bozor belgilashi kerak. Aks holatda sifat masalasida ancha past natijaga erishamiz. Xaridorni aldash, qing‘ir yo‘llar bilan bozorga mahsulot kiritish hollari ko‘payadi, rasta osti savdo qilish avj oladi. Oxir-oqibat, baribir aholi uchun qulaylik bo‘lmaydi. Bunda fermerlar, ta’minotchilar, savdo tizimidagilar va qassoblar cheklov orqali chegaralangan pullarni go‘sht narxiga qo‘shadilar.

Yaxshi va sifatli mahsulot istovchi xaridor rasta ostidan baribir o‘sha qimmat narxni to‘laydi. Bunday oldi-sotdini cho‘ntagi ko‘tarmaydiganlar esa sifatsiz mahsulot bilan chorasiz qoladi. Bundan bir-ikki yil avval xuddi shunday go‘sht narxi qimmatlashuvi va narxlarga cheklov o‘rnatilishi ortidan bozorga eshak go‘shtlari va o‘lgan mol go‘shtlari ham kirib kelganini unutmasligimiz kerak.

Aytishlaricha, hozirda bozorlarga 60-70 ming so‘m cheklovi bilan chiqarilayotgan go‘shtlar esa asosan so‘yilishga mo‘ljallangan qoramollarni 2-3 oyda intensiv boqish, xususan bioqo‘shimchalar bilan oziqlantirish hisobiga shakllantirilgan ekan. 2-3 oyda bunday usulda boqilgan qoramollar tez vazn olib, so‘yiladi, ammo go‘shtning asosiy qismi yog‘ bilan qoplangan bo‘ladi.

Shu sabab oxirgi paytlar go‘sht rastalariga havoyaki yopishtirilgan “60 ming so‘m” yozuviga bozorni tushunadiganlar o‘z xavotirlarini bildirmoqdalar.

Global oziq-ovqat inqirozi bashorat qilindi

Aprel oyining boshidayoq koronavirus pandemiyasi sabab global miqyosda oziq-ovqat inqirozi bashorat qilingan edi. BMT  Oziq-ovqat dasturi prognoziga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi ortidan global oziq-ovqat inqirozi kutilmoqda. Dastur mutaxassislari 2020 yilda 265 million kishi ochlikdan aziyat chekishini bashorat qilgan edi. BMT hisob-kitoblariga ko‘ra esa, hozirgi kunda dunyo bo‘ylab 820 milliondan ortiq odam ochlikdan aziyat chekmoqda. Faqatgina Sharqiy Afrikada Janubiy Sudan, Efiopiya, Somali va Keniya kabi mamlakatlarda 15 million kishi to‘yib ovqatlanmaydi. Afrikaning deyarli barcha mamlakatlariga tarqalgan koronavirus ko‘plab mintaqalarda, ayniqsa, iqtisodiyoti va sog‘liqni saqlash tizimi zaif bo‘lgan joylarda haqiqatan ham qiyin vaziyatni yuzaga keltirdi.

Shunga qaramay, global qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish barqaror bo‘lib turgani aytilmoqda. So‘nggi 10 yil ichida go‘sht ishlab chiqarish hajmi 10 foizga oshgan. Xuddi  shuningdek, donli mahsulotlar yetishtirish hajmi ham yildan-yilga  o‘sib  bormoqda. Muhimi, oziq-ovqat  mahsulotlari narxi  nisbatan barqaror darajada saqlanib turibdi. Misol uchun, AQSh birjalarida bugungi  kunda  bug‘doyning narxi  1970 yildagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan atigi 20 foizga qimmat.

Tahlilchilar ma’lumotiga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi  tufayli global   joriy  etilgan  karantin choralari qishloq xo‘jaligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmagan. Xususan,  jahonning hech bir mamlakatida fermerlarning ishlashi va harakatiga jiddiy cheklovlar kiritilmagan.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, pandemiya 2025 yilga kelib global iqtisodiyotga taxminan 35 trillion dollar miqdorida zarar yetkazishi mumkin. Hozir jahon iqtisodiyoti koronavirus pandemiyasi sababli inqirozdan so‘ng tiklanishning eng yuqori cho‘qqisini boshdan kechirmoqda, ammo yil oxirigacha mamlakatlar yangi iqtisodiy muammolarga duch kelishlari mumkin, deb yozmoqda Bloomberg nashri.

Qachondir go‘sht narxi tushadimi?

Moliyaviy hisob-kitoblarda pandemiyaning ehtimoliy risklari albatta nazarda tutilishi lozim. Va iqtisodiy shart-sharoit hisobga olingan holda qaysidir ma’noda aholiga narx-navoni nazorat qilish orqali yengilliklar berilishi o‘rinli. Ammo qishloq xo‘jaligi mahsulotlari masalasiga kelganda, aynan, go‘sht mahsuloti misolida bozor qoidalari hal etadigan past-balandlikni nazoratda ushlab turish kutilgan samarani bermasligi ayonlashadi. Bunda iqtisodiy tahlillarga asoslanib quyidagi talab va takliflarni o‘rtaga tashlash mumkin:

chorvachilik uchun ajratiladigan kreditlar va har qanday imtiyozli shartlarni nazoratda ushlash;

chorva mollari yetishtirishni sanoat miqyosida sifatli darajada tashkillashtirish;

narx nazoratini kamaytirish, ko‘zbo‘yamachilik asosida shakllantirilgan narxlarga chek qo‘yish;

bu borada ekspertlar bilan doimiy tahlillarni olib borish.

Tahlilchilar fikriga asoslanib aytish mumkinki, shu kabi asosiy bosqichlardan o‘tilgan taqdirda ham go‘sht narxi arzonlashishi bilan bog‘liq natijani kelgusi 3-5 yillardagina ko‘rish mumkin.

Madhiya AVAZOVA,
“Inson va qonun” muxbiri


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Real" rahbariyati Vinisiusga shart qo‘ydi: "Xohlasang shu, bo‘lmasa, ket!"

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчи Винисиус Жуниор талабларини бажармоқчи эмас.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Hasanboy Do‘smatov navbatdagi rejasi haqida gapirdi va pulni nimaga sarflashini aytdi

Кеча Жаҳон чемпионатида ўзининг иккинчи олтин медалини қўлга киритган Ҳасанбой Дўсматов финалдан кейинги таассуротлари билан ўртоқлашди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Germaniya kansleri Putinni Gitlerga qiyosladi

Агар Украина таслим бўлса, уруш шу билан тўхтамайди.

Avstraliyada Xanuka bayramini nishonlayotgan yahudiylarga hujum yuzasidan Isroil bosh vaziri munosabat bildirdi

Сизнинг ҳукуматингиз эса антисемитизмга қарши ҳеч нарса қилмади, деган Нетаняху.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.

Turkmaniston dunyoda metan chiqindilarining eng yirik manbasi deb topildi: xalqaro loyihalar uchun xatarlar ortib bormoqda

Американинг Stop Methane лойиҳаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларидаги спутник кузатувлари Туркманистонни нефть-газ секторида метан чиқиндилари бўйича дунёда етакчи мамлакат сифатида қайд этди.