Qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi sababli JPKning 83-moddasiga asosan shaxs aybsiz deb topilib, reabilitasiya qilindi

A A A
Qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi sababli JPKning 83-moddasiga asosan shaxs aybsiz deb topilib, reabilitasiya qilindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudining 2010 yil 15 iyundagi hukmiga ko‘ra, Q.J O‘zbekiston Respublikasi JK 210-moddasi 3-qismining “b” bandi va 209-moddasining 1-qismi bilan JKning 59-moddasiga asosan 3 yil muayyan huquqdan mahrum qilingan holda 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudi kassasiya instansiyasining 2011 yil 1 fevraldagi ajrimi bilan birinchi instansiya sudining hukmi o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 2019 yil 27 iyundagi ajrimi bilan, J.Qandaxorovga nisbatan chiqarilgan jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudi kassasiya instansiyasining 2011 yil 1 fevraldagi ajrimi bekor qilinib, jinoyat ishi yangitdan kassasiya instansiyasi sudida ko‘rish uchun yuborilgan.

Sudning hukmiga ko‘ra, J.Qandaxorov Buxoro viloyat IIB YHXB huzuridagi ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limi davlat yo‘l harakati xavfsizligi inspektori lavozimida 2007 yilning iyun oyidan buyon xizmat qilib kelib, mas’ul mansabdor shaxs bo‘la turib, 2009 yilning 19 iyun kuni shaxsini aniqlash imkoni bo‘lmagan noma’lum shaxs va u orqali F.Ochilov, R.Ashurov va A.Kenjayev bilan oldindan jinoiy til biriktirib, ular bilan bir guruh bo‘lib, o‘z mansab vakolatidan qasddan foydalanib, sodir etishi mumkin bo‘lgan muayyan harakatni, ya’ni aslida viloyat YHXBga ro‘yxatga qo‘yish uchun olib kelinmagan, 1971 yilda ishlab chiqarilgan “Moskvich-412” rusumli, davlat raqami 85 D 2766 bo‘lgan avtomashinasini ko‘zdan kechirmagan bo‘lsa-da, fuqaro R.Ashurov nomidan transport vositasini qayd etish va davlat raqami berish haqidagi viloyat IIB YHXB boshlig‘i nomiga yozilgan arizada “avtomashina agregat raqamlari hujjatlarda ko‘rsatilgan raqamlarga to‘g‘ri keladi” deb, go‘yoki avtomashinani ko‘zdan kechirib, avtomashina agregat raqamlarini hujjatlarda ko‘rsatilgan raqamlar bilan solishtirib ko‘rganini tasdiqlab, o‘z imzosini qo‘yib, bila turib, g‘arazgo‘ylik va boshqa manfaatlarni ko‘zlab, rasmiy hujjatga soxta ma’lumot va yozuvlar kiritib, AAS 20583919-sonli transport vositasini qayd etish guvohnomasi va 85 O 035 AA davlat raqamini fuqaro R.Ashurovning nomiga rasmiylashtirib berib, evaziga tergovda aniqlashning imkoni bo‘lmagan fuqaro orqali A.Kenjayev va F.Ochilovdan qonunga xilof ekanini bila turib 59.378 so‘m pulni pora tariqasida olganlikda ayblangan.

Kassasiya shikoyatida, J.Qning aybsizligi va harakatida jinoyat tarkibi yo‘qligi haqida vajlar keltirilib, sud hukmini bekor qilib, J.Qni oqlash xususida ajrim chiqarish so‘ralgan.

O‘zbekiston Respublikasi JKning 22-moddasi talablariga ko‘ra, sud jinoyat yuz berganligini, uning sodir etilishida kim aybdorligini, shuningdek, u bilan bog‘liq barcha holatlarni aniqlashi, ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqishi, ishda yuzaga keladigan har qanday masalani hal qilishda ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan holatlarni aniqlashi va hisobga olishi lozim.

Ushbu kodeksning 463-moddasi 1-qismiga muvofiq, ayblov hukmi taxminlarga asoslangan bo‘lishi mumkin emas va faqat sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybli ekanligi sud muhokamasi davomida isbot qilingan taqdirdagina chiqariladi, ayblov hukmiga jinoyat sodir etilishining ish bo‘yicha barcha mumkin bo‘lgan holatlarni tekshirish, ish materiallarida ma’lum bo‘lib qolgan barcha kam-ko‘stni to‘ldirish, yuzaga kelgan hamma shubha va qarama-qarshiliklarga barham berish natijasida yig‘ilgan ishonchli dalillargina asos qilib olinishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud hukmi to‘g‘risida”gi 2014 yil 23 maydagi 7-sonli Qarorining 4-bandiga muvofiq, ish bo‘yicha hukm ish materiallarida ma’lum bo‘lib qolgan barcha kamchiliklar to‘ldirilgandan keyingina chiqarilishi mumkinligi, ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqilishi kerakligi, sudlanuvchini jinoyatni sodir qilganligini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan har bir dalil, JPKning 95-moddasiga muvofiq ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozimligi;

dalillar maqbulligi nuqtai nazaridan baholanishida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004 yil 24 sentyabrdagi “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-prosessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan tushuntirishlarga amal qilinishi lozimligi;

dalillarni baholash jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo‘lgan mavjud holatlar haqidagi xulosalarni tasdiqlovchi, rad etuvchi yoki shubha ostiga oluvchi faktlar yoki narsalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirgan taqdirdagina ishga aloqador deb e’tirof etilishi;

tekshiruv natijasida haqiqatga muvofiq ekanligi aniqlangan dalillar ishonchli deb hisoblanishi, sudlanuvchining aybdorligi (aybsizligi) to‘g‘risidagi sudning xulosalariga zid bo‘lgan dalillar hukmda nafaqat ko‘rsatilishi balki, sud tomonidan nima uchun ular ishonchsiz deb topilganligi va rad etilganligi sabablari asoslantirilgan bo‘lishi lozimligi;

hukmda sudlanuvchining jinoiy harakatlarini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan dalillarga asoslanganda, sud ularning mazmunini yoritishi va tegishli baho berishi lozimligi;

5-bandida, “Sudlarning e’tibori, JPKning 22-moddasiga binoan ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun faqat qonunda nazarda tutilgan tartibda to‘plangan, tekshirilgan va baholangan ma’lumotlardan foydalanish mumkinligiga qaratilishi;

sudlar hukm JPKning 26, 90 va 455-moddalari talabiga binoan faqat sud majlisida tekshirilgan va sud majlisi bayonnomasida o‘z aksini topgan dalillarga asoslangan bo‘lishi lozimligini e’tiborga olishlari kerakligi”gi haqida tushuntirishlar berilgan.

Biroq sud, sudlangan J.Qga nisbatan ayblov hukmi chiqarishda qayd etilgan qonun talablari va Oliy sud Plenumining rahbariy tushuntirishlariga rioya qilmagan.

O‘zbekiston Respublikasi JKning 210-moddasi 3-qismi “b” bandida (2001 tahririda), mas’ul mansabdor shaxs tomonidan pora olganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Mazkur jinoyatning ob’ekti davlat hokimiyati, boshqaruv va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan ijtimoiy munosabatlar, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari hisoblanib, ob’ektiv tomondan pora olish mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy naf ko‘rishida ifodalanadi.

Sud, Navoiy viloyati IIB YHXB huzuridagi ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limi davlat yo‘l harakati xavfsizligi inspektori J.Qni faqat mansab vazifalariga qarab, uning aybliligini faraz va gumonlarga asoslanib, sudlanuvchi va guvohlar tomonidan keltirilgan vajlarni to‘liq tekshirmasdan, barvaqt xulosaga kelgan.

Sudlov hay’ati, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha pora predmeti bo‘lmagani va aniqlanib olinmagani, J.Qga aynan kim, qachon, qayerda qancha pul berganligi yoki J.Qning pora olganligi ish holatlari va biron bir dallilar majmui bilan tasdiqlanmagani va uning O‘zbekiston Respublikasi JK 210-moddasi 3-qismining “b” bandi (yoki JKning 210-moddasi boshqa qismlari hamda bandlari)da nazarda tutilgan pora olish jinoyatini sodir etganligi o‘z isbotini topmaganligi sababli, uning harakatida jinoyat tarkibi mavjud emas deb hisobladi.

Shuningdek, sudlov hay’ati, birinchi bosqich sudi tomonidan J.Q O‘zbekiston Respublikasi JK 209-moddasining 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda noto‘g‘ri ayblangan deb hisobladi. 

O‘zbekiston Respublikasi JK 209-moddasining 1-qismida, fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yohud davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan mansab soxtakorligi uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Mazkur jinoyatning ob’ekti davlat boshqaruvi organlarining mavqei va faoliyati, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari hisoblanib, ob’ektiv tomondan qilmish va kelib chiqqan jinoiy oqibatlar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishning mavjudligi bilan ifodalanadi.

Dastlabki tergov va sudda aniqlangan holatlarga qaraganda, fuqaro R.A fuqaro K.Odan 85 D 2766 davlat raqamli “Moskvich-412” rusumli avtomashinani sotib olganidan so‘ng, mazkur avtomashinani viloyat IIB YHXB RIBdan qayta rasmiylashtirib, o‘zining nomiga transport vositasini qayd qilish guvohnomasi va 85 O 035 AA davlat raqami olgan.

Biroq, holat yuzasidan o‘tkazilgan sudga oid xatshunoslik ekspertizasining 2009 yil 16 dekabrdagi 1110-sonli xulosasiga ko‘ra, Navoiy viloyat IIB YHXB 1-sonli RIBning 2009 yildagi 85 O bilan boshlanadigan davlat raqam belgisi va transport vositasini qayd qilish guvohnomalarini ro‘yxatga olish kitobining 174-varag‘idagi 1656-raqami bilan qayd qilingan R.Aga tegishli “Moskvich-412” rusumli avtomashina uchun rasmiylashtirilib berilgan AAS 1900283 seriya raqamli transport vositasini qayd etish guvohnomasi va 85 O 035 AA davlat raqam belgisini olganligi haqidagi imzolar, shuningdek, R.Aning nomidan sotib olingan avtomobilni ro‘yxatga olib, qayd etish guvohnomasi va raqam belgisi berishni so‘rab yozilgan 2009 yil 19 iyundagi ariza blankasining “imzo” grafasidagi “arizachi” nomidan bajarilgan imzo fuqaro R.A tomonidan emas, balki boshqa shaxs tomonidan bajarilganligi aniqlangan. 

Xaqiqatdan ham, fuqaro R.Aning nomiga AAS 1900283 seriya raqamli transport vositasini qayd qilish guvohnomasini rasmiylashtirish hujjatlari YHXB RIB inspektori J.Q tomonidan bajarilib, R.Aga tegishli avtomashinani va uning o‘zini ko‘zdan kechirmasdan turib, ichki ishlar tizimida o‘rnatilgan ish yuritish tartib qoidalari va ish yutirish intizomini buzgan ko‘rinadi.

Bunday holat, J.Qning ichki ishlar tizimida o‘rnatilgan ichki tartib qoidalarga muvofiq intizomiy javobgarligini keltirib chiqarishi mumkin xolos.

Biroq, bu bilan, haqiqatda mavjud bo‘lgan ammo o‘zining ishtirokisiz avtomashinasi uchun tegishli hujjatlarni qonuniy tartibda olganligi nuqtai nazaridan R.Aning manfaatlariga biron bir ziyon yoki zarar yetkazilgan deb bo‘lmaydi.

Chunki, O‘zbekiston Respublikasi JK 14-moddasining birinchi qismiga asosan, jinoyat kodeksi bilan ta’qiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish jazo qo‘llanilishi taxdidi bilan jinoyat deb xisoblanadi. Ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq, jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan ob’ektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi.

Qayd etilganlarga asosan, kassasiya instansiyasi sudi, J.Qning xarakatlarida mansab soxtakorligi jinoyat tarkibi mavjud emas deb xisobladi va Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudining 2010 yil
15 iyundagi Q.Jga oid hukmi bekor qilinib, Q.J, uning xarakatida O‘zbekiston Respublikasi JK 209-moddasining 1-qismi va 210-moddasi
3-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi JPK 83-moddasining 2-bandiga asosan
oqlandi.

Q.Jga, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 304-313-moddalarida nazarda tutilgan tartibda, jinoiy ta’qib natijasida yetkazilgan mulkiy, ma’naviy va boshqa ziyon oqibatlarini bartaraf qilish huquqiga ega ekanligi e’tirof etildi.

 

     A.Shaydoyev,

KSH-4-04/171-19-sonli ajrimi

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Buxoro viloyat sudi raisining

o‘rinbosari


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Samolyot Toshkent shahriga yetmay aviafalokatga uchradi. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor.

Йўловчи самолёти қўнишга яқинлашганда ҳаво диспетчери ва экипаж ўртасидаги алоқа узилиб қолди

Jennifer Lopes konsertidan so‘ng "Bunyodkor" stadionining ahvolini ko‘rdingizmi? (Foto)

Кеча "Бунёдкор" стадионида жаҳон машҳур қўшиқчи Женнифер Лопеснинг концерт дастури бўлиб ўтди.

Xamzat Chimayev: "U meni yo‘q qilib tashlaydi"

UFC жангчиси Хамзат Чимаевнинг айтишича, UFC 308 турнирида Роберт Уиттакерда ғалаба учун имконият бўлмаган.

Aholiga subsidiya o‘rniga foizsiz qarz beriladi

2025 йилдан бошлаб аҳоли бандлигини таъминлаш мақсадида давлат томонидан ажратиладиган субсидиялар босқичма-босқич бекор қилинади.

70 yoshdan oshgan haydovchilarga rulga o‘tirish taqiqlanadi

Шунингдек, суғуртасиз машина ҳайдаганларга кўпроқ жазо бериш ва камера таний олмайдиган автомобиль рақамлари муаммосини ҳал қилиш чоралари ҳам кўриб чиқилмоқда.

Krishtianu Ronaldu ikki og‘iz so‘z bilan "Oltin to‘p"ni tanqid qildi

Куни кеча "Олтин тўп" учун 30 нафар номзоднинг рўйхати эълон қилинди.

Ichki ishlar vazirligi semiz xodimlarni ishdan bo‘shatadi

Унга кўра, 20 минг киши жисмоний тайёргарлиги текширувидан ўтказилди ва улардан 30 нафари ишдан бўшатилди

Bahodir Jalolovning Usik bilan jangi qachon bo‘lishi mumkinligi aytildi

Баҳодир Жалоловнинг менежери Алик Фролов мутлақ жаҳон чемпиони Александр Усикка қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди.

"Bizdan Armaniston janubini tortib olishyapti, lekin buni hech kim gapirmayapti"

Унга кўра, Зангезур йўлаги яратилиши Арманистонни "суриялашув"га олиб келиши мумкин.

AQShdagi uyga yoshi Yernikidan katta meteorit qulab tushdi

Таъкидланишича, метеорит тахминан 4,56 млрд. йил аввал пайдо бўлган

“UzAuto Motors” yangi to‘lov shartlarini e’lon qildi

“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.

Mashhur bloger Abduroziq Dubay aeroportida hibsga olindi

Расмий идоралар ҳозирча бу ҳодисага изоҳ бермаган ва иш тафсилотларини ошкор қилмаган.

Bog‘cha bolangiz bormi? Har oy 618 ming so‘m yordam puli olishingiz mumkin!

Ҳукуматнинг 2025 йил 31 июлдаги қарорига кўра, давлат томонидан камбағал оилаларга махсус моддий ёрдам пули тўлаб берилади.

"Oltin to‘p" uchun nomzodlar reytinggi yangilandi

Goal портали талқинига кўра, Усмон Дембеле "Олтин тўп"га асосий даъвогар бўлиб қолмоқда.

Namanganlik otaxon rekord jarimani «ishlab oldi»

Наманган вилоятида «Gentra» русумли автотранспорт воситасида 82 маротаба йўл ҳаракатлари қоидаларини бузган отахоннинг машинаси хатланди.

O‘qituvchi yo‘lbarsga yem bo‘ldi

Қидирув ишларига киришган маҳаллий аҳоли ўрмон ичида унинг юзи ва оёғи сақланиб қолган жасадини топган

Ukrainaning kelajagi 4 xil variantda taxmin qilindi

Politico хабарига кўра, Украина урушни ҳал қилиш учун 5 та асосий талабни илгари сурмоқда.

Mashhur ovchi uch metrli laqqa tutdi

Чехиялик машҳур балиқ овчиси Якуб Вагнер уч метрли лаққани тутди.

"Andijon" futbolchisiga viloyat hokimi tomonidan ONIX avtomobili sovg‘a qilindi (video)

Кеча Суперлиганинг 18-тур ўйинлари бўлиб ўтди.

"Men Trampga aytdim, Putin hammani chalg‘itmoqda"

Шунингдек, Зеленский Трамп Украинага хавфсизлик кафолатларини беришга тайёр эканини маьлум қилди.

Saudiya Arabistonida oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

Ўзбекистон элчихонаси ва Саудия Арабистони Ташқи ишлар вазирлиги ҳамкорлигида амалга оширилган ишлар натижасида унинг мамлакатдан чиқиши учун виза расмийлаштирилди.

Tayvanga kuchli “Podul” tayfuni yopirildi

Тайфун зарбаси натижасида 30 дан ортиқ одам жабрланган.

Urgutda 2 ta yuk mashinasi to‘qnashib ketdi

Бу ҳақда Самарқанд вилояти ЙҲХБ ахборот хизмати хабар берди.

Kelesda bojxonachilar tarkibida zararli modda bo‘lgan ozdiruvchi mahsulotlarni fosh qildi

Марказий божхона лабораториясида олиб борилган экспертиза таҳлилларидан сўнг мазкур чой ва қаҳвалар, капсулалар таркибида “сибутрамин” моддаси мавжудлиги аниқланди.

AQShda logistika poyezdining 35 ta vagoni relsdan chiqib ketdi

Ҳодиса сабаби номаълум, айни дамда тергов олиб борилмоқда.

G‘azoda Isroil hujumlari qurbonlari soni 61 722 nafarga yetdi

2023 йил 7 октябрдан бери Исроил армиясининг Ғазо секторига қилган ҳужумлари натижасида ҳалок бўлган фаластинликлар сони 61 722 нафарга етди. Фақатгина сўнгги бир сутка ичида эксклавдаги Исроил ҳужумлари оқибатида яна 123 киши ҳалок бўлди.

Isroil elchisi YEIni G‘azo masalasida Isroilga bosim o‘tkazmaslikka chaqirdi

Исроилнинг Европа Иттифоқидаги элчиси Хаим Регев Politico нашрига берган интервьюсида Европа давлатлари Ғазо секторидаги инсон ҳуқуқлари масаласи бўйича Исроилга босим ўтказишдан воз кечиши кераклигини билдирди. Унинг сўзларига кўра, бундай чоралар ЕИнинг Яқин Шарқдаги нуфузини йўқотишига олиб келади.

Rossiyada bir fuqaro nomiga qariyb 3 kg. marixuana pochta orqali keldi

Буюртмани қабул қилиши керак бўлган пятигорсклик эркак жўнатмани олаётганда пайтда ушланган

Eron Isroilning sog‘liqni saqlash muassasalariga qilingan hujumlarini qoraladi

Эрон Ташқи ишлар вазирлиги қуролсизланиш ва қуролларни назорат қилиш бошқармаси директори Ҳайдар Али Балужий 12 кунлик уруш давомида Исроил томонидан Эрондаги вакцина ва дори воситалари ишлаб чиқариш объектлари ҳамда соғлиқни сақлаш марказларига қилинган ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва минтақавий хавфсизликка таҳдид сифатида баҳолади.

Isroil armiyasi jurnalistlar nomlarini yo‘q qilish ro‘yxatiga kiritgani aytilmoqda

Ғазода ишлаётган журналистларнинг айтишича, улар тўғридан-тўғри нишонга олинмоқда ва исмлари Исроил режими армияси рўйхатларига қасддан йўқ қилиш мақсадида киритилган.

Isroil Al Jazeera telekanalining besh xodimini o‘ldirdi

2025 йил 11 август куни Ғазо шаҳридаги “Аш-Шифа” шифохонаси ёнида жойлашган журналистлар чодирига Исроил томонидан уюштирилган зарба оқибатида Al Jazeera телеканалининг 5 нафар ходими ҳалок бўлди.

oshkentdagi “Uch qahramon” bozorining 40 foizi yonib ketgani ma’lum bo‘ldi

Бозорнинг умумий дўконлар қурилган майдони 20.000 м/кв бўлиб, кўрилган тезкор чоралар натижасида 12.000 м/кв майдонда жойлашган савдо дўконлари ёнғиндан сақлаб қолинган.

DXX: Ichki ishlar organlarining poraxo‘r xodimlari qo‘lga olindi

ДХХнинг Бухоро вилояти бўйича бошқармаси ҳамда ички ишлар ва прокуратура органлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда ходим 13 минг АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

Chiroqchida xotin erini qizg‘onib boshqa ayolni do‘pposlab, kiyimsiz qoldirdi

Жорий йилнинг 24 июль куни соат 22:30 ларда Чироқчи тумани, яшовчи аёл Д.И. 102 рақамига мурожаат қилиб, у билан бирга расмий никоҳсиз яшаб келаётган эркак Н.П.нинг онаси хонадонига келиб жанжал кўтараётганлигини маълум қилган.

DXX: MIB xodimiga hukm o‘qildi

Маълум бўлишича, давлат ижрочиси ушбу “хизмати” эвазига муқаддам 450 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм ҳам олган.

Braziliyada avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi, qurbonlar bor

Ҳодиса оқибатида 11 киши ҳалок бўлди. Шунингдек, 45 киши тан жароҳати олди, улардан 12 нафарининг аҳволи оғирлиги айтилмоқда.

Jomboyda yong‘in chiqdi

Ёнғин натижасида “KIA BONGO”, “DAMAS” ва “GENTRA” русумли автомобиллар зарарланган.

Turkiyada kuchli 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Турли шаҳарларда, жумладан, Истанбулда ҳам ер силкиниши сезилган.

Bolgariyada cho‘kib ketgan yigitning jasadi O‘zbekistonga qaytarilmoqda

Болгариянинг Созопол шаҳрида 22 ёшли Ўзбекистон фуқароси украиналик қизни қутқаришга уриниш пайтида сув остидаги қоялар орасида қолиб ҳалок бўлганди.

Mashina ustida salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

3 август куни содир бўлган ҳодиса видеолари ижтимоий тармоқларда тарқалган.

Таиландда 30 қаватли минора қулаб тушди

Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.

Қозоғистонда йўқолган вертолёт парчаси ва экипажнинг жасади топилди

Эслатиб ўтамиз, EC-145 вертолёти 25 июль куни бедарак йўқолган

Тошкентда 3 нафар эркак банкоматни ўғирламоқчи бўлди

Ерга тушиб кетган банкомат овози фуқароларнинг эътиборини тортганидан шубҳаланиб, улар шикаст етган банкоматни ташлаб воқеа жойидан қочиб кетишган.

Фарзандлари онасини кўришни истамаган аёл алимент пуллари ундирилди

Олтиариқ туманидаги ҳодиса бизни ачинарли ҳақиқатга яна бир бор тўқнаштиради: онанинг фарзандларини ташлаб кетиши.

Хитой фуқароси АҚШдаги ҳибсхонада ўз жонига қасд қилди

32 ёшли йигит ювиниш хонасида бўйнига осилган ҳолда топилган

2023 йилдан буён Исроил томонидан Ғазога 100 минг тонна бомба ташланди

Сўнгги 24 соат ичида Ғазода Исроил томонидан 100 нафар киши ўлдирилди

Ғазода очликдан ҳалок бўлганлар сони 197 нафарга етди

Бу ҳақда Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги директори Мунир ал-Барш ижтимоий тармоқда маълум қилди.

ҲАМАС: Исроилнинг Ғазо шаҳрини босиб олиш режаси "катта хақ тўлашга олиб келади"

ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.

БМТ инсон ҳуқуқлари комиссари Исроилни Ғазодаги ҳарбий режадан воз кечишга чақирди

Бу ҳақда хорижий ОАВга таянган ҳолда Report нашри хабар берди.

Ҳизбуллоҳни қўлдан қуролсизлантириш — АҚШ ва Исроилнинг найранги

Ямандаги Ансоруллоҳ ҳаракати раҳбари Абдулмалик ал-Ҳуси АҚШ ва Исроилнинг Ливандаги Ҳизбуллоҳ ҳаракатини қуролсизлантириш уринишларини кескин танқид қилди.

Исроил Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини тасдиқлади

Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.

Исроил ваъдасини бузди ва ғазоликларни «секин ўлдириш»да давом этяпти

Исроил Ғазо секторига инсонпарварлик ёрдами ортилган юк машиналарини Европа Иттифоқига ваъда қилганидан тўрт баравар кам киритди. Бу ҳақда Euractiv Еврокомиссия ҳужжатларига асосланиб хабар берди.

Хитойда хавфли вирус тарқалди. Карантин чекловлари жорий қилинди

Хитойнинг Жанубий Фошан провинциясида чикунгуня вируси катта тезликда тарқалмоқда.

Тошкентда 19 ёшли йигит кўчада кийимсиз юргани бўйича маълумот берилди

Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.

Хитойда кўчки остида 14 киши қолиб кетди

Қолган беш кишини қидириш ишлари давом этмоқда.

Ғазода қашшоқлик қурбонлари сони 197 нафарга етди

Бу ҳақда Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги бош директори Мунир ал-Бурш ижтимоий тармоқдаги саҳифасида хабар берди.

АҚШнинг Жоржия штатидаги Форт-Стюарт ҳарбий базасига қуролланган шахс бостириб кирди

Дастлабки маълумотларга кўра, жароҳатланганлар бор, бироқ уларнинг сони ҳозирча номаълум.

Испанияда жазирамадан 1060 киши вафот этди

Испанияда ёзнинг иккинчи иссиқ тўлқини хавфи остида, бу камида кейинги якшанбага қадар давом этиши кутилмоқда.

Кўкдаладаги газ портлаши оқибатида 10 синф қиз ҳам вафот етди

Масъуллар воқеадан сўнг, портлаш ва ундан келиб чиққан ёнғин 4 кишининг умрига зомин бўлганини очиқлаганди.

Инсоният тарихида биринчи марта ядро қуроли қўлланилган кун: Ҳиросимага атом бомбаси ташланганига 80 йил тўлди

Оқибатда Қўшма Штатлар Б-29 Энола Гай бомбардимончи самолёти ҳеч қандай қаршиликка учрамай, шаҳар марказидан учиб ўтган ва “Кичкинтой” деб номланган ядро бомбасини шаҳарга ташлаган.