"Qayta tiklanmaydi": koronavirusning yana bir jiddiy oqibati ma’lum bo‘ldi

"Qayta tiklanmaydi": koronavirusning yana bir jiddiy oqibati ma’lum bo‘ldi

COVID-19 miyadagi "kulrang" moddalarning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda ingliz shifokorlari xabar berdi.

Ularning fikriga ko‘ra, bu hid va ta’mning yo‘qolishi, shuningdek boshqa nevrologik alomatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Biroq, bu holat o‘tganidan keyin ham miya to‘qimalari tiklanmaydi.

MedRxiv portalida xabar qilinganidek, tadqiqotchilar koronavirusga chalingan 394 bemorni tekshirish natijalarini o‘rganishdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu odamlar miyaning bir nechta sohalarida xotira, qaror qabul qilish va hissiyotlarni shakllantirish, shuningdek, birlamchi hid va lazzat tizimlari bilan bog‘liq bo‘lgan zichlik va kulrang moddalarning hajmini sezilarli darajada yo‘qotgan.

Shifokorlar hatto koronavirusning yengil shakliga chalinganlar ham o‘z vaqtida tekshiruvdan o‘tishlari va infeksiya oqibatlarini kuzatishi kerakligi haqida ogohlantirdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!