Qaysi davlat rahbarlari xalqaro jinoiy javobgarlikka tortilgan?

Qaysi davlat rahbarlari xalqaro jinoiy javobgarlikka tortilgan?

Vladimir Putin xalqaro jinoyatda ayblangan yettinchi davlat rahbari bo‘ldi. Xalqaro jinoiy sud (XJS) tomonidan davlat rahbarlarining ayblanishi juda kam kuzatiladigan holat. Shu kungacha xalqaro jinoyatda ayblangan davlat rahbarlaridan ikkisi oqlangan, ikkitasi hukmgacha vafot etgan, yana birining sudga topshirilishi kutilmoqda.

Kot-d'Ivuar prezidenti Loran Gbagbo 2011 yilda Xalqaro jinoiy sudga tortilgan birinchi davlat rahbari bo‘lgan. U 2010–2011 yillarda mamlakatdagi qurolli mojarolar paytida insoniyatga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblangan. Ammo 2019 yilda Gbagbo oqlangan.

Keniyaning bo‘lajak prezidenti Uxuru Keniata 2007–2008 yillarda mamlakatdagi siyosiy inqiroz davrida insoniyatga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblangan. Bu ayblovlar 2014 yil dekabrida dalil yo‘qligi sababli undan olib tashlangan.

Sudan prezidenti Umar al-Bashir 2019 yildan beri o‘z mamlakatida hibsda va Gaagaga ekstradisiya qilinishi kutilmoqda. U Darfur aholisi ichida uchta etnik guruhning genosidini uyushtirish va amalga oshirishda ayblanmoqda.

2011 yilda XJS Liviya rahbari Muammar Qaddafiyni hibsga olishga order bergan. Ammo ular buni amalga oshirishga ulgurmadilar — to‘rt oy o‘tgach, Qaddafiy Milliy o‘tish kengashi jangarilari tomonidan o‘ldirilgan.

Liberiya prezidenti Charlz Teylor qamoq jazosiga hukm qilingan birinchi davlat rahbari bo‘ldi. U urush jinoyatlarini sodir etishga ko‘maklashish va insoniyatga qarshi jinoyatlarda sheriklikda aybdor deb topildi. 2012 yilda sud Charlz Teylorni 50 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Serbiyaning sobiq prezidenti Slobodan Miloshevich BMTning Gaagadagi qamoqxonasida hukmgacha vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!