Qaysi bozorda shakar arzon narxda sotilmoqda?

Qaysi bozorda shakar arzon narxda sotilmoqda?

Toshkentning “Farhod dehqon bozori”da xaridorlar shakarni arzon narxda sotib olishlari mumkin. Ushbu bozorda shakar 5200 so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining axborot xizmati ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, shakarning maksimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Andijon shahrining “Yangibozor dehqon bozori” va “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori” hamda  “Eski shahar dehqon bozori”da 6500 so‘mdan kuzatilgan.

Shuningdek, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Temiryo‘l dehqon bozori”, “Damariq dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bzori” hamda “Mirobod dehqon bozori” da ham shakarning narxi 6500 so‘mdan sotilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!