Qayiqning qulashi oqibati ikki nafar ayol vafot etdi

Qayiqning qulashi oqibati ikki nafar ayol vafot etdi

Avstraliyaning g‘arbiy sohilida qayiqning qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohat oldi. Bu haqda dushanba kuni 9News telekanali ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, to‘rt kishi bo‘lgan qayiq 22 yanvar kuni Mandura daryosining og‘zida (Pertdan 70 km janubda) yuqori tezlikda navigasiya suzgichiga borib urilgan. Natijada ikki ayol halok bo‘ldi, ikki erkak jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi.

G‘arbiy Avstraliya shtat polisiyasi voqea yuzasidan tergov olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!