Qashqadaryolik morboz tabibning noyob iste’dodi (video)

A A A
Qashqadaryolik morboz tabibning noyob iste’dodi (video)

Qashqadaryolik tabib Alisher Yormatovni kobralar 20 marotabadan ko‘proq chaqqan. Qo‘llari chandiqda. Ikki marotaba o‘lim bilan olishgan va shifokorlar yordam berisha olishmagan. Hayotga bo‘lgan muhabbat o‘lim ustidan g‘alaba qozongan. Bundan tashqari tabib g‘aroyib nayrangbozliklarni namoyish etadi: yarimyalang‘och Alisher-aka gilamchaga yotib oladi va turmush o‘rtog‘i uning ustiga o‘nta kobrani qo‘yadi. Yarim soatlarcha kobralar uning ustida o‘rmalashadi va uni chaqishmaydi.

Morbozning eng zo‘r chiqishi, u ikkita kobraning boshini o‘z og‘ziga solishidir. Uning noyob iste’dodi uchun Antique World (Germaniya) Akademiyasi unga professor unvoni tayinladi.

Maqola mualiffi u bilan Samarqandda uchrashdi.

– Ilonlarga bo‘lgan muhabbatingiz qachon va qayerda boshlandi?

– Bir kuni meni katta bolalar tutib do‘pposlashganda, to‘qqiz yoshda edim. Kun bo‘yi g‘orda arazlab o‘tirdim. O‘shanda mendan hamma qo‘rqishligi uchun xavfli ilonlar bilan shug‘ullanaman deb o‘zimga va’da berdim. Chunki bizning qishloq tog‘ yon bag‘rida joylashgan bo‘lib, bu yerda kobralar, qora ilon va ko‘lvor ilonlar ko‘p. Shundan keyin ilonlarni cho‘ntagimda yoki kuylagim ichida olib yuradigan bo‘ldim.

– Sizni keyin xafa qilishmaydigan bo‘lishdimi?

– Albatta! Ammo men ham haddimdan oshdim. Bolalar nafaqat qo‘rqish, hatto men bilan do‘stlashmay qo‘yishdi. Ilonlarni g‘orda saqlasam ham, ba’zida ularni uyga olib kelar edim. Shuning uchun otamdan ko‘p gap eshitar edim: u hamqishloqlarimiz biznikiga kirmay qo‘yishadi deb xavfsirar edi, u qishloqda hurmatga ega bo‘lgan odam – sobiq kolxoz raisi, opalarim esa keyinchalik: biri – professor, boshqasi – dosent unvoniga sazovor bo‘lishdi.

– Qizlar ham sizni chetlab o‘tishadigan bo‘lishdimi?

– Ha, bu g‘amgin voqealar. Shuning uchun men kech uylandim. 27 yoshimda otamni hurmati tufayli, ota-onam morbozga turmushga chiqishga rozilik bergan kelinni topishdi. Qizlar esa men to‘g‘rimda kechasi go‘zal pariga aylanadigan ilonlarimdan birini sevib qolgan degan mish-mishni tarqatishdi. Bugun bu kulgili bo‘lib ko‘rinadi, ammo o‘shanda odamlar bu gapga ishonishgan.

Qishloq xo‘jalik instituti talabasi bo‘lishimga qaramay, ilonlarni tark etmasdan, kostyumimning cho‘ntagida olib yurar edim. Bir kuni shunday voqea ro‘y berdi. Yotoqxonada ilon paltomning cho‘ntagidan o‘rmalab chiqib, xonadoshimning krovati yonida cho‘zilib yotibdi. U o‘yg‘ongandan so‘ng, men institutdan qaytganimgacha, krovatidan tusholmay o‘tirgan. Shu kundan boshlab men yotoqxonada bir o‘zim yashaydigan bo‘ldim.

Nima uchun ilonlarni yaxshi ko‘raman? O‘zim ham tushunmayman.

– Sizni qachon birinchi bor ilon chaqdi va nega bunday bo‘ldi? Qo‘llaringiz, barmoqlaringizda chandiqlar ko‘p, bularning barchasi ilon chaqishi natijasidami?

– Qirq yoshimdan so‘ng ilonlar bilan jiddiy shug‘ullanishni boshladim, hovlining bir qismini devor bilan o‘rab, terrariumga o‘xshash inshoot qildim. Bu katta chuqur bo‘lib, o‘rtada reshetkali stol bor, va bu yerda kobralar yig‘ilishadi. O‘shanda ular o‘ttizga yaqin edi, hozir esa ikki baravar ko‘proq. Bir kuni ilonlarning oldiga tushib, reshetka yonida yaqindan ularni kuzatishni boshladim – men doim shunday qilar edim. Nima uchundir ulardan biri menga tashlanib, barmog‘imdan chaqdi. Jarohat unchalik chuqur emas edi, men unchalik aziyat chekmadim, chunki tanamni chiniqtirish uchun zaharni kichik dozalarda qabul qilib kelar edim. Shuni aytib o‘tish kerakki, chaqishning xavfi qanchalik organizmga zahar tushishidan bog‘liq. Mana bir misol. Ilonning zaharini olish uchun, uning bo‘ynidan tutib turgan edim. Shu payt hovliga qo‘shni kirib, nimanidir so‘radi. Men e’tiborimni susaytirib, qo‘limni bir oz bo‘shatibman, kobra qo‘limdan chiqib ketib, bilagimdan yuqori joyni chaqdi, shunchalik kuchli chaqdiki, hattoki zaharli tishi sindi. Ana o‘shanda men xavfli dozaga duchor bo‘ldim.

– Ilon chaqqanda inson qanaqa og‘riqni his etadi, qanday belgilar paydo bo‘ladi?

– Tanam shunchalik holsizlandiki, hattoki boshimni tuta olmay qoldim. Tashnalik azob berib, ichim qurib ketganday bo‘ldi, bir holatda daryo yoniga sudralib keldim. Besh litrga yaqin suv ichdim. Gandiraklab uy tomon yo‘l oldim, yo‘lda hushimni yo‘qotibman. Xotinim meni topib olibdi. Uyda hushimga bir marotaba kelib, yana hushimni yo‘qotdim. Shu tariqa ikki marotaba shu holatga tushdim. Uchastka vrachi qon bosimimni o‘lchaganida, ancha past edi: 60 ga 40. Doktor yordam bera olmasligini aytib, meni tashlab ketdi. Mudrab yotgan holimda qizimning: «Dadamning yuragi urmayapti!» deb qichqirganini eshitardim. Ana o‘shanda meni haqiqiy qo‘rquv bosdi va xotinimga: «Agar men o‘lsam, ilonlarimni qo‘yib yuboringlar» deb aytdim. Tanam falajlanganicha qoldi va faqat bu kunisiga bir oz o‘zimga keldim.

– Sizning aytishingizcha, zaharning kuchi ilonning qayerga chaqqanligiga ham bog‘liqmi?

– Boshga qancha yaqin bo‘lsa, shunchalik xavfli hisoblanadi: chunki unda bosh miya bor. Bir marta kobra ensa sohamdan chaqdi. Voqea shunday bo‘lgan edi. O‘sha yillari men horijlik turistlar uchun chiqish qilar edim. Bir kuni “badavlat” rus mehmonlar tashrif buyurgan mehmonxonaga taklif etishdi. Uchta kobra bo‘ynim atrofida o‘ralib turishardi. To‘satdan orqamda ikkala kobra bir-biriga hamla qilib, biri boshimdan chaqib oldi. Men hushimni yo‘qotishni boshladim, seansni bekor qilishdi, meni kasalxonaga olib ketishdi. Endi hayotdan ko‘z yumsam kerak deb o‘yladim – yana omadim keldi. Mana chandiq ham qolgan.

– Nima uchun u sizni chaqdi, ular sababsiz insonlarga tegishmaydi dedingizku?

– Balkim keskin harakat qilgandirman, yoki ixtiyorsiz unga aziyat bergandirman. Buni ular xavf deb bilib, tashlanishgan bo‘lsa kerak. Himoya instinkti.

– Siz kobrani oliyhimmat ilon deysiz. Nima uchun?

– U aqlli ilon. O‘zi birinchi bo‘lib tashlanmaydi va albatta menga yaqinlashmagin degan ma’noda o‘zini vajohatli turishi va vishillashi bilan sizni ogohlantiradi. Qora ilon va ko‘lvor ilon ogohlantirib o‘tirmaydi, darhol tashlanadi. Ular makkor ilonlar, va ularning hatti-harakatini oldindan aytib bo‘lmaydi. Ayniqsa qora ilondan qo‘rqaman: uning chaqishi juda og‘riqli. Bir kuni ilonlar turgan chuqurga tushganimda, qora ilonning dumini bilmasdan bosib olibman, va u shu zahotiyoq oyog‘imni chaqib oldi. Kuydiruvchi og‘riqdan o‘zimni quduq yoniga urdim va chanqog‘imni hech qoniqtira olmadim, ichim yonib ketdi. Og‘riqdan dod solgim keldi. Shu yo‘sinda uch kun azob chekdim.

– Agar insonni tibbiy yordam ko‘rsatish imkoni bo‘lmagan joyda – tog‘da, o‘rmonda yoki cho‘lda ilon chaqsa, nima qilish kerak?

– Bunday holatlarda chaqqan joyda kichik kesma qilib, ko‘proq qonni siqib chiqarib tashlashga harakat qilaman. Kinolarda buni boshqacha qilib ko‘rsatishadi: chaqqan joyni so‘rib tashlashadi. Agar jarohat chuqur bo‘lmasa, bunda ma’no bor, chunki zahar qonga o‘tishga ulgurmaydi. Unda so‘rib tashlash mumkin. Aks holda bu befoyda. Bunda vaqtning ahamiyati katta.

– Tanangizni chiniqtirish uchun siz zahar ichib turasiz. Uni qaysi nisbatda suv bilan aralashtirasiz? Umuman uning ta’mi qanday?

– Men toza zahar ichaman. Istasangiz, ko‘z oldingizda uchta kobraning zaharini yig‘ib ichib yuborishim mumkin. Ta’mi tomoqni kuydiradigan darajada achchiq. Zaharni ichgandan so‘ng, bir qancha vaqt bosh aylanadi. Ana shunday. Bir gramm quruq zaharni yig‘ish uchun, 20 ga yaqin kobralar kerak bo‘ladi.

– Odamlar qaysi kasalliklar bilan sizga murojaat etishadi? Ularga ham zaharni tavsiya etasizmi?

– Ha, zahar beraman, lekin toza ko‘rinishda emas. Men uni suv bilan aralashtiraman. Ilon zahri va yog‘idan tayyorlangan surtmalarni ham qo‘llayman. Bular poliartrit, bavosil, oshqozon yarasi, radikulit kasalliklarida foyda beradi. Umidi so‘ngan bemorlarni onkologiyadan olib kelgan holatlar ham bo‘lgan. Ba’zi bemorlarga kobraning zahri yordam berganini sezdim, chunki u rak hujayralarini o‘ldiradi. Mening dorilarim onkologik bemorlarga yordam bermagan holatlari ham bo‘lgan.

– Nima uchun kobralar Yormatovni chaqmaydi? Sir nimadaIlonlar yuzingizdan 5-10 santimetr narida turishibdi.

– Menimcha kobra insonni sezsa kerak. Agar inson qo‘rqqanligini sezdirsa, ilon uni chaqadi. Inson qo‘rqqan paytda, o‘zidan ilonga ma’qul bo‘lmagan qandaydir hid ajratsa kerak. Aytgancha, men ularning oldiga ichib kelganimda, ular meni chaqishar edi. Shundan beri men ichmayman.

– Nima uchun kobralar ularga yaqin kelgan uch yashar nabirangizni chaqmaydi?

– Ehtimol, barchasi shu sabablidir. Bola ilon u uchun naqadar xavfli ekanini tushunmaydi va ilonga talpinadi. Hozircha nabiramda qo‘rquv hissiyoti yo‘q.

– Agar chaqsachi?

– Ishoning, dahshatli hech narsa sodir bo‘lmaydi, chunki u allaqachondan buyon zahar ichib keladi. Barcha ilonlar bilan ishlaydiganlar bilishadi: bir kunmas bir kun ularni baribir ilon chaqadi.

Yozuvchi Artur SAMARI,

Darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Moskvadagi barcha aeroportlar faoliyatini to‘xtatdi

Шереметево рейсларга ўзгартиришлар киритилиши мумкинлигини эълон қилди. Аввалроқ, "гилам"0 сигнали туфайли Внуково, Домодедово ва Жуковскийда чекловлар жорий этилган эди.

Serxio Aguero: «Abduqodir Husanov shu darajani 3-4 yil saqlab qolsa, dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin»

"Манчестер Сити" афсонаси ҳисобланган Серхио Агуэро «шаҳарликлар» ёш юлдузлари — Нико O’Райли ва Абдуқодир Ҳусановнинг ўйинларига юқори баҳо берди.

Mbappe jarohatini davolash o‘rniga aktrisa bilan hordiq chiqarmoqda. Klub fanatlari jiddiy norozilik bildirmoqda

«Реал Мадрид» мухлислари ҳужумчи Килиан Мбаппени мавсумнинг ҳал қилувчи палласида Италияда севгилиси билан ҳордиқ чиқараётгани учун кескин танқид қилишди.

Prezidentning xotiniga hukm chiqargan sud’ya o‘lik holda topildi

Полиция воқеани ўрганмоқда, асосий версиялардан бири — ўз жонига қасд қилиш.

«Urushmoqchimisan?» Zelenskiyning Belarusga yo‘llagan tahdidi G‘arbni hayratda qoldirdi

X ижтимоий тармоғи фойдаланувчилари Владимир Зеленскийнинг чегаранинг Беларусь томонидаги гўёки «ғалати фаоллик» учун Минскка жавоб қайтариш билан таҳдид қилган баёнотини фаол муҳокама қилмоқдалар.

Eron yahudiylari yetakchisi Oyatulloh Xomanaiyga sodiqlik bildirdi

Шу билан бирга, Исроилда ички норозилик кучаймоқда.

«Manchester Siti» markaziy himoyachisini arzon garovga sotib yuborishi mumkin

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Натан Аке фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Rossiya Moskvadagi paradga boradigan yetakchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Россия Москвадаги парадга борадиган етакчилар рўйхатини эълон қилди, рўйхатда Марказий Осиё президентлари йўқ.

Isroilga jo‘natish uchun 17 ming dollar so‘ragan rahbar ushlandi

Хорижий давлатларга ишга юбориш билан боғлиқ фирибгарлик ҳолатлари фош этилди.

AQSh Eronga zarba berdi. Tehron amerikaliklarning harbiy kemalariga hujum qildi

Қўшма Штатлар ҳарбийлари Эроннинг Қешм оролидаги портга ва Бандар-Аббос шаҳрига зарбалар берди, деб хабар қилмоқда Fox News ва Ахios журналистлари.

Rossiya Suriyadagi harbiy bazani qayta qurmoqda

Бу ҳақда The Maritime Executive ихтисослашган ресурси хабар берди.

Tramp tuzoqqa tushib qoldi va undan qanday chiqishni bilmaydi – CNN

Ҳўрмуз бўғозини назорат қилиш — стратегик мувозанатини Эрон фойдасига ўзгартирди.

Xitoy sobiq mudofaa vazirlariga shartli o‘lim jazosi berdi

Хитой ҳукумати коррупция ва лавозим ваколатларини суиистеъмол қилишда айбланган икки нафар собиқ мудофаа вазирига шартли ўлим жазоси тайинланганини эълон қилди.

Eron AQSh taklifiga hali javob bermadi — Tehron hujjatni o‘rganmoqda

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Исмоил Бағоий маълум қилди.

Latviyada Rossiyadan uchib o‘tgan ikkita dron qulab tushdi, ulardan biri neft omboriga zarar yetkazdi

7 май кечаси ҳаво ҳудудига эҳтимолий таҳдид ҳақидаги хабарни Резекне шаҳри, шунингдек, Резекне, Балви ва Лудза ўлкалари аҳолиси олган

Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi

Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.

Jizzaxda vagonda selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Жабрланувчи шифохонага етказилиб, жонлантириш бўлимига ётқизилган.

O‘zbekistonda yirik firibgarlikda ayblangan Turkiya fuqarosi Perudan Toshkentga ekstradisiya qilindi

Маълум қилинишича, Интерпол каналлари орқали қидирувга берилган шахс Перудан Ўзбекистонга олиб келинган.

Ishga kiritish, ruxsatnoma olish va nafaqa tayinlash bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.

Isroil Livan janubidagi hujumlarni davom ettirmoqda

NNA маълумотига кўра, Исроил ҳарбий самолётлари эрталабдан Кефре ва Жебшитга зарбалар берган.

BMT Xavfsizlik Kengashi BAAga hujumlar bo‘yicha yopiq majlis o‘tkazadi

Бу ҳақда Al Jazeera дипломатик манбага таяниб хабар берди.

Chegarada tunnellar orqali qonunbuzarlikka qarshi javobgarlik kuchaytiriladi

Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.

Samarqanddagi «zapravka»da yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғиннинг келиб чиқиш сабаби ва етказилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Leningrad viloyatining Kirishi shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilindi

Ҳужум фонида Пулково аэропорти ишини чеклади, камида 17 та авиарейс кечиктирилди.

Xitoyning Xunan provinsiyasidagi pirotexnika zavodida portlash yuz berdi

​Хитой раиси Си Жинпин ҳодиса юзасидан зудлик билан текширув ўтказиш ва айбдорларни қаттиқ жавобгарликка тортиш бўйича кўрсатма берди.

Oq uy yaqinida yana bir otishma sodir bo‘ldi

Associated Press агентлигининг хабар беришича, Оқ уй вақтинча ёпиб қўйилган.

Qozog‘istondagi metallurgiya zavodida kuchli portlash yuz berdi

Дастлабки маълумотларга кўра, фавқулодда ҳолат оқибатида 2 киши ҳалок бўлган, 5 киши жароҳатланган.

Izmirda nimalarni tatib ko‘rish mumkin?

Бугунги кунда саёҳатда фақат манзил эмас, балки сафар давомида татиб кўриладиган таъмлар ҳам алоҳида аҳамият касб этмоқда. Сўнгги йилларда гастрономик саёҳат, яъни “foodie exploration” — глобал туризмга сезиларли таъсир кўрсатаётган муҳим йўналишга айланди. Замонавий сайёҳлар кўпинча саёҳатларини машҳур диққатга сазовор жойларни зиёрат қилиш билан бир қаторда, унутилмас гастрономик тажрибалар асосида режалаштирмоқда.

Ispaniyada 40 tonnagacha kokain musodara qilindi

Испания полицияси Атлантика океанида рекорд даражадаги — тахминан 40 тонна кокаинни мусодара қилди.

AQShda United Airlines samolyoti qo‘nish vaqtida yuk mashinasiga urilib ketdi

FAA ва NTSB маълумотларига кўра, Boeing 767-400 самолёти Венециядан 200 дан ортиқ йўловчи билан парвоз қилган.

Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari pora bilan ushlandi

Ҳозирда кадастр раҳбарига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.