Qashqadaryoda voyaga yetmagan qiz o‘z otasi tomonidan muntazam tarzda jinsiy zo‘rlab kelingani aniqlandi

Qashqadaryoda voyaga yetmagan qiz o‘z otasi tomonidan muntazam tarzda jinsiy zo‘rlab kelingani aniqlandi

Qashqadaryoda voyaga yetmagan qiz o‘z otasi tomonidan muntazam tarzda jinsiy zo‘rlab kelingani aniqlandi.

Bu voqea Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida ro‘y berdi.

“Jahon.uz” ning jinoyat ishi bilan yaqindan tanish bo‘lgan ishonchli manbasining ma’lum qilishicha, Qashqadaryo viloyati Koson tumanida “Arabxona” MFYda yashab kelgan, to‘rt farzandning otasi bo‘lgan 40 yoshli S.A. o‘z qizini zo‘rlab kelgani sababli ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Unga nisbatan yurituvga olingan 1-1809-2005/104 sonli jinoyat ishida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari bilan ayblov e’lon qilingan.

Jinoyat ishida keltirilishcha, S.A. o‘z pushti kamaridan bo‘lgan voyaga yetmagan qizini, o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligini bila turib unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, o‘ldirish bilan qo‘rqitib, uning nomusiga tekkan.

“Otajon teginmang”, deb qarshilik ko‘rsatishiga qaramasdan unga zo‘rlik ishlatib, qizi baqirmasligi uchun yostiqni uning yuziga bosib zo‘rlashga erishgan.

Yana bir holatda, - “Agar joyingdan tursang pichoqni tiqib olaman”- deb uni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, keyin uni joyiga qayta yotqizib olib, jinsiy ehtiyojini qondirib, takroran o‘zining voyaga yetmagan qizining nomusiga tekkan.

Munatazam tarzda o‘z padari tomonidan jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lib kelgan qiz sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli, Koson tumani tug‘ruq kompleksining Ginekologiya bo‘limiga yotqizilgan.

O‘z o‘rnida qiz otasining bunday badbaxtligiga javob qaytarishga uringan, afsuski, bir safar otasining yuziga shapaloq urganda, otasi biror kishiga bu haqda aytsa, o‘zi sharmanda bo‘lishini, onasi bilib qolsa, uni yoqib yuborishini aytib qo‘rqitib kelgan.

“Jahon.uz” ushbu jinoyat ishi bo‘yicha jurnalistik surishtiruv ishlari yakuni bo‘yicha tez kunda yangi materialni e’lon qilishi qo‘shimcha qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!