Qashqadaryoda tadbirkorni noqonuniy tekshirgan soliq organi mansabdori jinoiy javobgarliklikka tortildi

Qashqadaryoda tadbirkorni noqonuniy tekshirgan soliq organi mansabdori jinoiy javobgarliklikka tortildi

Jinoyat kodeksining 1922-moddasiga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirishning va moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, xuddi shuningdek tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qonunga xilof ravishda tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) o‘tkazish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa jinoiy javobgarlik belgilangan.

Lekin, ayrim nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxslari tomonidan loqaydlik va bee’tiborlikka yo‘l qo‘yilgan holda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida takroriy noqonuniy tekshirishlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Dehqonobod tuman soliq inspeksiyasi mansabdor shaxsi

S.B tadbirkorlik sub’ekti faoliyatida noqonuniy tekshiruv o‘tgazgani uchun dastlab jinoyat ishlari bo‘yicha Dehqonobod tuman sudining 2021 yil 19 noyabrda jinoyat ishlari bo‘yicha Dehqonobod tuman sudining qarori bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Shunga qaramasdan, Dehqonobod tuman soliq inspeksiyasi mansabdor shaxsi S.B tomonidan takroriy tarzda bir qancha tadbirkorlik sub’ektlarida noqonuniy tekshiruvlar o‘tkazilgan.

Ushbu qonun buzilish holati Biznes-ombudsman devonining Qashqadaryo viloyatidagi sho‘’basi tomonidan Dehqonobod tuman prokuraturasiga aloqa xati orqali ma’lum qilinib, tegishli hujjatlar taqdim qilingan.

Qayd qilingan qonun buzilish holati asosida Dehqonobod tuman prokuraturasi tomonidan S.B ga Jinoyat kodeksining 1922-moddasi ikkinchi qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirishkor tuman sudining joriy yil

4 sentyabrdagi hukmi bilan B.S jinoyat sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan jinoiy jazo qo‘llanilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!