Qashqadaryoda ona va uning qizi 11 nafar fuqaroni chuv tushirdi

Qashqadaryoda ona va uning qizi 11 nafar fuqaroni chuv tushirdi

Shahrisabz tumani “Loliston” MFYda yashovchi ona X.Z. qizi T.I. bilan Shahrisabz shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxona va poliklinikalarga fuqarolarni ishga joylashtirishni va’da qilib 11 nafar hamshahrini chuv tushirdi. Ona-bola fuqarolar O. A.dan 300 AQSh dollari, X. M.dan 700 AQSh dollari, O.D.dan 300 AQSh dollari, X.SH.dan 300 AQSh dollari, N.SH.dan 700 AQSh dollari, K.K.dan 600 AQSh dollari, YO.N.dan 300 AQSh dollari, YU.S.dan 200 AQSh dollari, Q.M.dan

100 AQSh dollari, R.G.dan 500 AQSh dollari, B.N.dan 300 AQSh dollari, jami 11 nafar fuqarolardan 4300 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyoji uchun sarflab yuborgan.

Bu kamlik qilganidek, T.I. 2021 yil 1 va 2 aprel kunlari Shahrisabz shahar Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori va kotibasi hamda ko‘p tarmoqli poliklinika bosh shifokorilariga telefon orqali o‘zini mansabdor shaxs sifatida tanishtirib, “SMS” xabar yozib, yuqoridagi fuqarolarni ism- familiyasini yozdirib, ishga qabul qilishini talab qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!