Qashqadaryoda Damas jarlikka tushib ketishi oqibatida uch kishi vafot etdi

Qashqadaryoda Damas jarlikka tushib ketishi oqibatida uch kishi vafot etdi

FVV Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, kecha, 4 iyun kuni soat taxminan 07:20 larda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani “Kattao‘ra” MFY “Kon” qishlog‘i hududi “Maydanak” va “Qiziltepa” yo‘nalishining 38 km.da harakatlanib ketayotgan Damas rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada, mashina daraga ag‘darilib ketgan.

YTH oqibatida, avtomashinada bo‘lgan 3 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. 3 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlar bilan Qamashi tumani shifoxonasiga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!