Qashqadaryoda bedarak yo‘qolgan surxondaryolik yigitning jasadi jarlikdan topildi

Qashqadaryoda bedarak yo‘qolgan surxondaryolik yigitning jasadi jarlikdan topildi

Qashqadaryo viloyati FVB matbuot kotibining xabar berishicha, joriy yilning 13 may kuni Qashqadaryo viloyati FVBga Surxondaryo viloyati Angor tumanida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro Z.I. Qashqadaryo viloyati Qamashi va Dehqonobod tumanlarining tog‘li hududlarida yo‘qolib qolganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Aniqlanishicha, fuqaro Z.I. joriy yilning 2 may kuni chorva mollarini boqish maqsadida tog‘li hududlarga jo‘nab ketgan va dom-daraksiz yo‘qolganligi bois, uni yaqinlari ancha qidirishgan, biroq topa olishmagan.

Murojaatga ko‘ra, viloyat FVB Maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy otryadining 1 ta bo‘linmasi yuqorida nomi ma’lum qilingan manzillarda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Qidiruv natijalariga ko‘ra, fuqaro Z.I.ning jasadi Qamashi tumanining O‘rmon xo‘jaligiga qarashli hududdagi 10 metr chuqurlikdagi jarlikdan topilgan va yaqin qarindoshlariga topshirilgan.

Xabarda ushbu qidiruv-qutqaruv ishlarida O‘rmon xo‘jaligi xodimlari va mahalliy aholi bevosita ishtirok etganligi aytib o‘tilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!