Qashqadaryoda 855 nafar o‘qituvchida koronavirus aniqlangan — manba

Qashqadaryoda 855 nafar o‘qituvchida koronavirus aniqlangan — manba

Qashqadaryo maktablarida ishlaydigan 855 nafar o‘qituvchida koronavirus aniqlangan.

Shu bilan birga, COVID-19 uchun uchun testlar 75 427 maktab xodimidan atigi 32 ming 261 nafar o‘qituvchidan olingan. Shuning uchun kecha viloyat maktablarining atigi 10 foizigina an’anaviy formatda ishlashga muvaffaq bo‘lishdi. Ushbu ma’lumotni viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Abdug‘ani Himmatov tasdiqladi.

Manbaga ko‘ra, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bu borada sukut saqlamoqda, vaqti-vaqti bilan 3-4 yangi yuqtirish holatlarini Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy statistikasiga "tashlab" qo‘ydi. Shu bilan birga, faqat 14 sentyabr kuni 41 qashqadaryolik o‘qituvchida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ushbu raqam viloyat aholining sanitariya-epidemiologik farovonligi markazining matbuot kotibi Bahriddin Esonov tomonidan keltirilgan bo‘lib, u yuqtirganlar haqida umumiy ma’lumot bera olmasligini ta’kidladi, chunki bu Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy statistikasiga ziddir.

Ma’lumot uchun, ayni damda ushbu haqda rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q. Mutasaddi tashkilotlardan izoh kutib qolamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!