Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani bosh imomi vafot etdi

Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumani bosh imomi vafot etdi

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani bosh imomi hamda "Eski Qo‘rg‘on" jome masjidi imom-xatibi Tohir domla Ismatillayev vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

"O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi diniy sohada ko‘p yillar samarali xizmat qilgan, jonkuyar ulamo, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani bosh imomi hamda "Eski Qo‘rg‘on" jome masjidi imom-xatibi Tohir domla Ismatillayevning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi.

Haq taolo marhumning farzandu arjumandlari va barcha yaqinlariga go‘zal sabr bersin.

Yaratgan oxiratlarini obod qilsin!

Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun!", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!