Qarshida xotinini rashk qilgan er uni arra bilan o‘ldirdi

Qarshida xotinini rashk qilgan er uni arra bilan o‘ldirdi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida xotinini rashk qilgan erkak unga motorli arra (benzopila) bilan jarohat yetkazib, ayolning o‘limiga sabab bo‘lgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibining ma’lum qilishicha, hodisa 2023 yil 25 yanvar kuni soat 11:30 larda Qarshi tumanida sodir bo‘lgan.

Qarshi tumani, Taraqqiyot mahallasida yashovchi 40 yoshli shaxs yashash uyida turmush o‘rtog‘i 36 yoshli ayol bilan rashk sababli o‘zaro janjallashgan.

Janjal davomida erkak motorli arra bilan ayolning orqa yelka va bo‘yin aralash sohasiga bir necha marta urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan. Oqibatda ayol shifoxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, 2023 yil 25 yanvar kuni Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U Jinoyat-prosessual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!