Qarshida odamlarga sifatsiz yog‘ sotayotganlar ushlandi

Qarshida odamlarga sifatsiz yog‘ sotayotganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda, YATT G‘.K. va I.S.larga tegishli savdo do‘konlarida norasmiy ishlovchi fuqaro F.F. va SH.YA.lar “Qarshiyog’ ekstraktsiya” AJ yozuvli har bir qadog‘i 4,2 kg bo‘lgan 100 dona yog‘ mahsulotini xaridorga sotgan vaqtida ushlanib, ulardan jami 126 dona qadoqlangan yog‘ mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan paxta yog‘i iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish)  va 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!