Qarshida karantin choralari kuchaytiriladi

Qarshida karantin choralari kuchaytiriladi

Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahrida karantin choralari kuchaytirilmoqda.

«Qarshi shahriga kirish-chiqish jiddiy nazoratga olinadi. Faoliyati to‘xtatilgan ayrim nazorat maskan(post)lari qayta tiklanadi», deyiladi viloyat maxsus komissiyasi qarorida.

Ma’lumot uchun, Qashqadaryo viloyatida shu vaqtgacha jami 201ta holat qayd etilgan. Bugungi tuzalganlar bilan viloyatda koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 119 nafarga yetdi. Shuningdek, bir bemor vafot etgan. Ayni vaqtda viloyatda 81 bemor davolanmoqda.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining 26 iyundagi qaroriga ko‘ra, Qarshi shahri «yashil» hudud sifatida belgilangandi.

Bungacha  Qoraqalpog‘iston Respublikasi markazi Nukus shahrida 30 iyundan karantin choralari kuchaytirilgandi, shuningdek, 1 iyuldan Buxoro shahriga, 2 iyuldan Jizzax shahriga kirish-chiqishda nazorat qat’iylashtirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!