Qarshida ertadan yo‘nalishsiz taksilarga ruxsat beriladi

Qarshida ertadan yo‘nalishsiz taksilarga ruxsat beriladi

Ertaga 7 may sanasidan Qarshi shahrida yo‘nalishsiz taksilarga ruxsat beriladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Taksilar 3 kishidan oshmagan yo‘lovchi bilan, karantin qoidalariga amal qilgan holda harakatlanishi belgilangan. «Damas» avtomashinasi va avtobuslarga ruxsat berilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyatida koronavirus infeksiyasi yuqtirgan bemorlarning barchasi tuzalgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!