Qanday ishlarda voyaga yetmaganlarning mehnatidan foydalanish mumkin emas?

Qanday ishlarda voyaga yetmaganlarning mehnatidan foydalanish mumkin emas?

Voyaga yetmaganlarning mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha talablar to‘g‘risidagi nizom (http://lex.uz/docs/1582076) Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

✅ Nizomga muvofiq voyaga yetmaganlar mehnatidan quyidagi ishlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi:
? yer osti, suv osti, xavfli balandlikda yoki yopiq muhitda bajariladigan ishlarda;
? xavfli mexanizmlar, asbob va uskunalar bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda;
? xavfli buyumlar yoki jarayonlar, harorat, shovqin yoki to‘lqinlanish darajasining yuqori ta’sirida voyaga yetmaganlarning sog‘lig‘iga zarar yetkazishga olib keladigan zararli sharoitlardagi ishlarda;
? og‘ir mehnat sharoitlarida bajariladigan (ish vaqtining davomiyligi uzoq bo‘lgan, tungi ishlar va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan) ishlarda;
? o‘zining xususiyati bilan bunday toifadagi xodimlarning axloq-odobiga zarar yetkazadigan ishlarda;
? belgilab qo‘yilgan normadan ortiq og‘ir yuk ko‘tarishi va tashish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!