“Qamchiq” dovonida "fura" yonib ketdi

FVV qutqaruvchilari tomonidan “Qamchiq” dovonidagi yuk avtomobilida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi
Bugun, 23 mart kuni soat 16:55 da "Qamchiq" Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga A-373 avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovonidan o‘tgan 255 kilometrda “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan kalava ip ortilgan “IVEKO” rusumli yuk mashinasi kabina qismida yuzaga kelgan qisqa tutashuv natijasida yong‘in sodir bo‘lgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib yong‘in bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)