«Qamchiq»da yuk avtomobili ag‘darilib, yo‘lni to‘sib qo‘ydi

«Qamchiq»da yuk avtomobili ag‘darilib, yo‘lni to‘sib qo‘ydi

Bugun, 18 noyabr kuni soat 19:25 da «Qamchiq» dovonining 229,2 km «Toshkent-Vodiy» yo‘nalishida harakatlangan «DAF» yuk avtomobili, haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida, yo‘lning o‘ng tomoniga ag‘darilgan va yo‘lni berkitib shu yo‘nalishdagi harakatni to‘xtatib qo‘ygan.

Yuk mashinasida haydovchining o‘zi bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Voqea joyiga zudlik bilan «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari yetib borishgan. Vaziyat oqibatlari maxsus texnikalar yordamida bartaraf etilgan.

Dovon yo‘li avtomobillar harakati uchun ochiq, ikki tomonlama harakat davom etmoqda, deyiladi FVV xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!