Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo do‘konlari aniqlandi

Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘ygan savdo do‘konlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor, Uchtepa, Yunusobod va Mirobod tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda ushbu hududlardagi “O.T.”, “A.V.”, “E.V.” va “K.T.” MCHJlarga qarashli alkogol mahsulotlari savdo do‘konlarida 33 turdagi jami 1 047 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Uchqo‘rg‘on, Norin va Yangiqo‘rg‘on tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “Q.Sh.”, “J.I.” va “O`.A.” MCHJlarga qarashli alkogol mahsulotlari savdo do‘konida 25 turdagi jami 218 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, Departamentning Xo‘jayli tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro O‘.S. fuqaro S.Ab.ga qo‘lbola usulda tayyorlangan jami 180 dona “Qaratau” nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini 4 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!