Qabr imtihoni: inson dengizda cho‘kib ketgan yoki yonib kulga aylangan bo‘lsa ham, albatta, so‘roq qilinadi

Qabr imtihoni: inson dengizda cho‘kib ketgan yoki yonib kulga aylangan bo‘lsa ham, albatta, so‘roq qilinadi

Imon keltirib, solih amallarni qilgan insonlarni Alloh taolo bu dunyoda ham, oxiratning dastlabki bosqichi bo‘lgan qabrda ham sobitqadam qilishi haqida quyidagi rivoyat kelgan:

عَنْ الْبَرَاءِ بْنِ عَازِبٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ عَنْ النَّبِيِّ صَلَّي اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يُثَبِّتُ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا بِالْقَوْلِ الثَّابِتِ قَالَ نَزَلَتْ فِي عَذَابِ الْقَبْرِ فَيُقَالُ لَهُ مَنْ رَبُّكَ فَيَقُولُ رَبِّيَ اللَّهُ وَنَبِيِّي مُحَمَّدٌ صَلَّي اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَذَلِكَ قَوْلُهُ عَزَّ وَجَلَّ ﭽ ﭭ ﭮ ﭯ ﭰ ﭱ ﭲ ﭳ ﭴ ﭵ ﭶ ﭷﭸ ﭼ رَوَاهُ مُسْلِم.

Barro ibn Ozib roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “يُثَبِّتُ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا بِالْقَوْلِ الثَّابِتِ oyati qabr azobi haqida nozil bo‘lgan. Unga: “Rabbing kim” – deyiladi, u: “Rabbim Alloh, Payg‘amba­rim Muhammad sollallohu alayhi va sallam”, – deydi. O‘shanday deyishi U zot azza va jallaning:

(Alloh imon keltirganlarni dunyo hayotida ham, oxiratda ham ustuvor So‘z (Imon kalimasi) bilan sobitqadam qilur) (so‘zining isbotidir) Imom Muslim rivoyati.

Ya’ni, Alloh taolo imon keltirgan haqiqiy saodatmand mo‘min bandalarni dunyoda ham “La ilaha illalloh” kalimasini aytib, imonda sobit turadigan, yo‘ldan adashmaydigan va har xil fitnalarga aldanmaydigan qilib qo‘yadi. Oxiratda ham, ya’ni qabrda ikki farishtaning kelib beradigan savollariga ham “La ilaha illalloh” kalimasini aytib, imonda sobit turadigan sifat ato qiladi.

Har bir shaxs vafot etib, qabrga qo‘yilganidan ke­yin qabrida yo biror ofat oqibatida qabrga ko‘milmasdan qolib ketsa, o‘sha joyda Munkar Nakir «Rabbing kim? Dining nima? Payg‘ambaring kim?» deb so‘roq-savol qilishlari haqdir. So‘fi Allohyor bobomiz aytganlar:

Agar chandiki go‘rsiz o‘lsa inson,

So‘ralur, albatta, beshaku nuqson.

Agar daryoda o‘lsun yo osilsun

G‘azab etsa bani odam na bilsun

Nechuk qilsa erur qodir va nosir

Bu yerda bandasining aqli qosir.

Ya’ni, inson dengizda cho‘kib ketgan yoki yonib kulga aylangan bo‘lsa ham, albatta, so‘roq qilinadi. Mazkur so‘roq-savollarni Alloh taolo O‘zi xohlaganidek amalga oshirishiga iymon keltirish lozim. Zero, buning qanday sodir bo‘lishini idrok etishga bandalar aqlining quvvati yetmaydi. Qabrda mayyit so‘roqqa tutilgan vaqtda va rohat yoki azobga uchraganda jasadiga ruhi qaytishi haqdir. U savolni tushunadi va unga o‘z aqli bilan tiriklik paytida qilgan amallariga ko‘ra javob beradi. Bunga dalil:

رُوِيَ عَنِ النَّبِيّ صَلَّي اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهُ قَالَ لِعُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ: كَيْفَ حَالُكَ إِذَا أَتَاكَ فَتَّانَا الْقَبْرِ؟ فَقَالَ عُمَرُ: أَفَأَكُونُ فِي مِثْلِ هَذِهِ الْحَالَةِ وَيَكُونُ عَقْلِي مَعِيَ؟ قَالَ صَلَّي اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: نَعَمْ، قَالَ عُمَرُ: إِذًا لاَ أُبَالِي. رَوَاهُ أَحْمَدُ.

Rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam Umar roziyallohu anhuga: «Qachon oldingizga qabrning ikki imtihonchisi (Munkar va Nakir nomli farishtalar) kelsa, holingiz qanday bo‘ladi?» Umar roziyallohu anhu: «Bu holatda aqlim o‘zimda bo‘ladimi?» – dedilar. U zot: «Ha», – dedilar. Umar roziyallohu anhu: «Unday bo‘lsa, parvo qilmayman», – dedilar. Imom Ahmad rivoyati.

Mayyitning yoniga Munkar va Nakir ismli ikki farishta kelib savol berishganda, mayyit mo‘min yo kofirligidan kelib chiqib javob berishi quyidagi hadisda bayon qilingan:

عَنْ أَنَسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّي اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِنَّ الْعَبْدَ إِذَا وُضِعَ فِي قَبْرِهِ وَتَوَلَّي عَنْهُ أَصْحَابُهُ وَإِنَّهُ لَيَسْمَعُ قَرْعَ نِعَالِهِمْ أَتَاهُ مَلَكَانِ فَيُقْعِدَانِهِ فَيَقُولَانِ مَا كُنْتَ تَقُولُ فِي هَذَا الرَّجُلِ لِمُحَمَّدٍ صَلَّي اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأَمَّا الْمُؤْمِنُ فَيَقُولُ أَشْهَدُ أَنَّهُ عَبْدُ اللهِ وَرَسُولُهُ فَيُقَالُ لَهُ انْظُرْ إِلَي مَقْعَدِكَ مِنَ النَّارِ قَدْ أَبَدَّلَكَ اللهُ بِهِ مَقْعَدًا مِنَ الْجَنَّةِ فَيُرَاهُمَا جَمِيعًا وَأَمَّا الْمُنَافِقُ وَالْكَافِرُ فَيُقَالُ لَهُ مَا كُنْتَ تَقُولُ فِي هَذَا الرَّجُلِ فَيَقُولُ لاَ أَدْرِي كُنْتُ أَقُولُ مَا يَقُولُ النَّاسُ فَيُقَالُ لاَ دَرَيْتَ وَلاَ تَلَيْتَ وَيَضْرِبُ بِمَطَارِقٍ مِنْ حَدِيدٍ ضَرْبَةً فَيَصِيحُ صَيْحَةً يَسْمَعُهَا مَنْ يَلِيهِ غَيْرَ الثَّقَلَيْنِ. مُتَّفَقٌ عَلَيْهِ.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasu­lulloh sollallohu alayhi va sallam: «Banda qabriga qo‘yilib, kishilar qaytishayotganda albatta u kishilarning kovushlari ovozini eshitib turadi. Shu payt ikki farishta kelib, uni o‘tirg‘izishadi va: «Bu kishi – Muhammad sollallohu alayhi va sallam haqlarida nima deysan?» – deyishadi. Agar mo‘min bo‘lsa: «Guvohlik beraman, albatta, u Alloh­ning bandasi va elchisidir», – deydi. Unga: «Do‘zaxdagi o‘r­ningga qara. Alloh seni undan jannatdagi o‘ringa almashtirdi», deyishadi va barchasini ko‘rsatishadi. Agar munofiq va kofir bo‘lsa, unga: «Bu kishi haqida nima deysan?» – deyishadi. U: «Bilmayman. Insonlar nima desalar, men ham shuni aytardim», – deydi. Unga: «Bilmading va ergashmading», deyishib, temir to‘qmoq bilan shunday urishadiki, u qattiq chinqirib yuboradi. Uning chinqirig‘ini insonlar va jinlardan boshqa atrofdagilarning barchasi eshitadi», – dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan.

Anbiyolar, go‘daklar va shahidlarga qabrdagi so‘roq-savol bo‘lmaydi.

 

Po‘latxon KATTAYEVning “Islomda janoza” kitobidan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!