Putinning keyingi manzillari aniq bo‘ldi

Putinning keyingi manzillari aniq bo‘ldi

Vladimir Putin kelasi hafta Tojikiston va Turkmanistonga safar qiladi.

“Rossiya 1” kanalining “Moskva. Kreml. Putin” dasturida shu haqda ma’lum qilindi.

"Putin dastlab Dushanbega keladi. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazadi", - deyiladi xabarda.

Undan keyin RF prezidenti Vladimir Putin Kremlda Indoneziya prezidenti Joko Vidodo bilan muzokara o‘tkazadi va so‘ngra Kaspiy sammitida ishtirok etish uchun Ashxabodga keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!