Putin: "Rossiya harbiylari Donbassda halq va Vatan xavfsizligi uchun kurashmoqda"

Putin: "Rossiya harbiylari Donbassda halq va Vatan xavfsizligi uchun kurashmoqda"

Rossiya Federasiyasi harbiylari maxsus harbiy operasiya davomida Donbassda xalq, Vatan xavfsizligi uchun kurashmoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin G‘alaba paradi oldidan Qizil maydonda so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

“Hozir, shu kunlarda siz Donbassda xalqimiz uchun, Vatanimiz – Rossiya xavfsizligi uchun kurashyapsiz”, degan Putin harbiylarning parad ekipajiga murojaat qilib.

Putinning ta’kidlashicha, Rossiya yengilmas, mard avlodi bilan faxrlanadi.

“Bizning burchimiz – nasizmni tor-mor etgan, hushyor bo‘lishni va global urush dahshatlari qayta takrorlanmasligi uchun hamma narsani qilishimizni vasiyat qilganlar xotirasini yodga olishdir”, degan u.

Rossiya rahbari 1945 yilning 9 mayi birlashgan sovet xalqining g‘alabasi, uning birligi va ma’naviy qudrati, frontda va uning ortida misli ko‘rilmagan jasorat sifatida jahon tarixiga mangu muhrlanganini ta’kidlagan.

“G‘alaba kuni har birimiz uchun yaqin va aziz. Rossiyada Ulug‘ Vatan urushi g‘am keltirmagan oila yo‘q. Uning xotirasi o‘chmaydi”, deya ta’kidlab o‘tgan Putin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!