Putin maktabdagi otishmada halok bo‘lgan bolalarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi

Putin maktabdagi otishmada halok bo‘lgan bolalarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozon shahridagi maktabda sodir bo‘lgan otishmadan keyin ko‘rsatmalar berdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozadi TASS.

Rossiya rahbariga ta’lim muassasasidagi vaziyat to‘g‘risida xabar berildi. Hisobotdan keyin Putin Milliy Gvardiya rahbari Viktor Zolotovga fuqarolar foydalanishi mumkin bo‘lgan qurol turlari bo‘yicha yangi reglamentni zudlik bilan ishlab chiqishni buyurdi. Shuningdek, prezident Qozonga ikkita vazirni – Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Mixail Murashko va Ta’lim vaziri Sergey Kravsovni yubordi. Rossiya rahbari yordam ko‘rsatishni va jarohat olgan bolalarga barcha kerakli tibbiy yordamni ko‘rsatishni buyurdi

Shuningdek, Putin otishmada halok bo‘lgan bolalarning qarindoshlariga hamdardlik bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!