Putin: “Koronavirusga chalinmayman deb umid qilaman!”

Putin: “Koronavirusga chalinmayman deb umid qilaman!”

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumat a’zolari bilan onlayn uchrashuv paytida hazillashdi.

U 52-sonli Moskva shahar kasalxonasining bosh vrachiga koronavirusga chalingan bemorlar bilan ishlayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Putin ushbu shifoxonadagi shifokorlar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Vladimir Yakushevni davolaganini ham qo‘shimcha qildi.

“Xudoga shukr, men sizning bemoringiz emasman. Koronavirusga chalinmayman deb umid qilaman!", dedi Putin kulib.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!