Putin koronavirusga chalingan Habibning otasiga eng yaxshi tibbiy xizmat ko‘rsatilishini va’da qildi

Putin koronavirusga chalingan Habibning otasiga eng yaxshi tibbiy xizmat ko‘rsatilishini va’da qildi

Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulaziz rossiyalik sportchining otasi Abdulmannap Nurmagomedovning holati haqida gapirib o‘tdi.

«Habibning otasi sun’iy koma holatiga tushirilgani tasdiqlay olaman.

Habib so‘nggi kunlarda Vladimir Putin bilan aloqada bo‘lib turibdi. U Abdulmanap Nurmagomedovga eng yaxshi tibbiy xizmat taqdim etilishini va’da berdi.

Habibning butun dunyoga murojaati — koronavirus tarqalashini oldini olish uchun uyda qoling», — deydi Abdulaziz.

Avvalroq Nurmagomedovlarning kattasi Moskvadagi harbiy shifoxonada davolanayotgani xabar qilingandi. Koronavirus uning o‘pkasiga jiddiy shikast yetkazgan, shuningdek, Habibning ma’lum qilishicha, uning yuragi qayta operasiya qilingan. Abdulmanap Nurmagomedovning holati o‘ta og‘ir. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!