Putin YEOIIga a’zo davlatlar rahbarlariga murojaat qildi

 Putin YEOIIga a’zo davlatlar rahbarlariga murojaat qildi

Murojaat Rossiyaning 2023 yilda YEOII organlariga: Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi, Yevroosiyo hukumatlararo kengashi va YEIH kengashiga raisligi munosabati bilan yuborilgan.

Uning ta’kidlashicha, 2015 yilda YEOII tashkil etilganidan buyon o‘zaro savdo hajmi 60 foizga oshgan va 2021 yilda 73,1 milliard dollarni tashkil etib, tarixiy ko‘rsatkichga yetgan.

Tashqi savdo hajmi 46 foizga o‘sib, 846,3 milliard dollarni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga yalpi yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 28,7 foizni, milliy valyutadagi to‘lovlar ulushi esa 75 foizga yaqinlashdi.

Putinning fikricha, YEOII «ko‘p qutbli dunyoning kuchli, mustaqil qutblaridan biriga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!