Putin Edvard Snoudenga Rossiya fuqaroligini berdi

Putin Edvard Snoudenga Rossiya fuqaroligini berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoni bilan AQSh milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snoudenga Rossiya fuqaroligi berildi.

U 2013 yilda OAVga Amerika maxsus xizmatlarining elektron kuzatuv uslublari haqida ma’lumot berganidan so‘ng dastlab Gongkongga, keyin esa Rossiyaga qochib kelgan va vaqtinchalik boshpana so‘ragandi.

Maxfiy ma’lumotlarni e’lon qilganligi uchun u AQShda 30 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Edvard Snouden 2020 yilda Rossiya fuqaroligini olishga qaror qilgandi.

Uning yashash manzili xavfsizlik maqsadlarida sir tutiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!